Martin Riley
Martin James Riley (talaffuzi: Martin Jeyms Rayli) (1986-yil 5-dekabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi, u Angliyaning „Hednesford Town“ jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.
Faoliyati
Wolverhampton Wanderers
Riley oʻz faoliyatini oʻn uch yoshida „Wolverhampton Wanderers“ klubida boshlagan. 2005-yilning mart oyida u klub bilan professional shartnoma imzoladi, ammo 2007-yilning dekabrida birorta ham asosiy tarkibda maydonga tushmasdan qoʻyib yuborildi.
Shrewsbury Town
Riley 2008-yilda „Shrewsbury Town“da qisqa vaqt o‘ynagan, ammo yana bir bor asosiy tarkibda maydonga tushmagan.
Kidderminster Harriers
U 2008-yilning yozida „Konferensiya Milliy ligasi“ klubi „Kidderminster Harriers“ga qoʻshildi va u yerda ikki mavsum vaqt oʻtkazdi.
Cheltenham Town
Riley 2010-yilning yozida „Cheltenham Town“ bilan shartnoma imzoladi. U klubdagi debyutini 7-avgust kuni „Gillingham“ga qarshi oʻtkazdi. 2011-yil 9-may kuni Riley shartnomasi muddati tugaganidan keyin Cheltenhamdan qo‘yib yuborildi.
Mansfield Town
2011-yil 14-iyulda Riley „Mansfield Town“ bilan shartnoma imzoladi. Riley „Mansfield Town“ safida 33 marta oʻynagan va bir marta gol urgan, shuningdek, Konferentsiya pley-off yarim finalida „York City“ga qarshi oʻynagan va ular umumiy hisobda 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan.
Wrexham
2012-yil 16-iyulda u „Wrexham“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Riley debyutini „Konferensiya Milliy ligasi“ oʻyinida Wokingga qarshi oʻtkazdi, Wrexham 3-1 hisobida gʻalaba qozondi. 2013-yil mart oyida Riley oʻzining birinchi sharafini „Wembley“da Grimsby Townni penaltilar seriyasida magʻlub etib, Wrexham bilan Angliya kubogini qoʻlga kiritdi.
Mansfield
2013-yil 3-iyun kuni Riley Wrexhamni tark etib, sobiq klubi Mansfield Townga bepul transfer orqali qaytdi. U 2014\2015-yilgi mavsum oxirida Mansfield tomonidan qoʻyib yuborilgan.
Tranmere Rovers
Mansfield Towndan ozod etilganidan soʻng, Riley 2015-yil 10-iyunda Tranmere Rovers bilan shartnoma imzoladi va 2015-yil 1-iyulda ularga qoʻshildi.
Alfreton Town
2018-yil iyul oyida Riley bir yillik shartnoma asosida „Milliy liga“ning Shimoliy Alfreton Town jamoasiga qoʻshildi.
Hereford
2019-yil 30-mayda u Herefordga qoʻshildi.
Stourbridge
2020-yil 21-avgustda, Hereforddan ketganidan soʻng, Riley „Janubiy Liga Premyer-ligasi“ jamoasi „Stourbridge“ bilan shartnoma imzoladi.
Riley Stourbridge uchun debyutini 2020-yil 22-sentyabrda Angliya kubogining birinchi bosqichida Tamworthga qarshi o‘yinda o‘tkazdi. Darryl Knights oʻrniga zaxiradan 88-daqiqada Riley maydonga kiritildi. Oʻyin 3:3 hisobida yakunlandi va Tamworth penaltilar seriyasida 5:4 hisobida gʻalaba qozondi.
Hednesford Town
2021-yil 3-dekabrda Riley „Janubiy Liga Premer-ligasi“ning markaziy jamoasi Hednesford Town bilan shartnoma imzoladi.
Riley 2022-yil 29-may kuni 2021\2022-yilgi mavsum yakunlanganidan so‘ng faoliyatini yakunlashini tasdiqladi. Ammo 2022-yil 13-iyunda Rileyning fikri oʻzgargani va Hednesford Town bilan qolish va 2022\2023-yilgi mavsumda klubda oʻynash boʻyicha kelishuvga erishganligi tasdiqlandi.
Faoliyat statistikasi
Yutuqlari
Wrexham Alfreton Town Manbalar
uz.wikipedia.org