Martin Lorentzson




Martin Olof Lorentzson , (talaffuzi: Martin Lorenson)(1984-yil 21-iyulda tugʻilgan). Shved futbolchisi . U Shvetsiya terma jamoasi safida bir marotaba maydonga tushgan va terma jamoa uchun muosib harakat qilgan.

Faoliyati



Lorentzson professional futbolchilik faoliyatini Norrköpingda IK Sleipner bilan boshlagan. 2007-yilda u Sleipnerni tark etgan va Södertälje jamoasi Assyriska Föreningeng tarkibiga borib qoʻshilgan.

2009-yilning yozida Shvetsiyaning 2009-yil chempioni AIK, Lorentzson 2010-yilda ularga qoʻshilishi haqida eʼlon qilgan. Lorentzson AIKda muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan va „Lorenso“ va „Shved Zanettisi“ nomi bilan mashhur boʻlib muxlislarning sevimlisi futbolchisiga aylangan. U oʻzining jamoa tarkibidagi soʻnggi mavsumida ham vitse-sardor boʻlgan. 2014-yil oktyabr oyida AIK Lorentzsonning oʻzi klubda qolishni xohlagan boʻlsa ham, ular bilan shartnomani uzaytirmasliklarini eʼlon qilgan.

Lorentzson Koventri City jamoasi uchun debyutini 2016-yilning 30-yanvarida Riko Arenada Skuntorp jamoasiga qarshi oʻtkazgan. Mavsum yakunida, „Sky Blues“ jamoasi shartnoma yakunlangandan keyin uni klubda olib qolmasligini eʼlon qilgan.

Oʻyin uslubi



Lorentzson oʻzining tezligi, chidamliligi, raqiblarni aldab oʻtish va havodagi kurashi hamda himoyadan turib hujumni tezlik bilan boshlay olishi bilan mashhurlikka erishgan. 2011-yilda „Malmyo“ jamoasiga qarshi oʻyinda u Allsvenskanning oʻyinda bosib oʻtgan kilometrlar boʻyicha rekordini yangilagan. Oʻzining oldingi faoliyatida Assyriska Foreningen jamoasida oʻynab, oʻng qanot himoyachisi boʻlib faoliyat yuritgan va AIK jamoasiga oʻtgach markaziy himoyachi ampulasida harakat qilgan. 

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz