Martin Kariya
Martin Tetsuya Kariya (talaffuzi: Martin Tetsuya Kariya) (1981-yil 5-oktyabrda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. Martin Kariya sobiq NHL oʻyinchilari Paul Kariya va Steve Kariyaning eng kichik ukasidir.
Oʻyin faoliyati
Havaskor
Martin Kariya 1999-yildan 2003-yilgacha Maine universiteti xokkey jamoasi safida faoliyat olib bordi. Maine universitetidagi toʻrt yillik faoliyati davomida Martin Kariya jamoa safida Frozen Four musobaqasida 2 marta maydonga tushdi. Martin Kariya Len Ceglarski sport ustaligi mukofotiga sazovor boʻldi.
Professional
Martin Kariyaning kollejdagi ajoyib xokkey karyerasi AHL vakili „Portland Pirates“ xokkey klubining eʼtiborini tortdi. Shundan soʻng, Martin Kariya 2002— 2003-yilgi pley-off mavsumida 'Portland Pirates" xokkey klubi safiga qoʻshildi. 2003-yil 22-iyulda Martin Kariya 2003— 2004-yilgi mavsum uchun „New York Islanders“ xokkey klubining filiali „Bridgeport Sound Tigers“ xokkey klubi bilan shartnoma tuzdi.
2004-yilgi NHL lokauti Martin Kariya Yaponiyaga, Osiyo xokkey ligasi vakili „Nikko IceBucks“ xokkey klubi safida oʻynash uchun joʻnab ketdi. Keyinchalik Martin Kariya Norvegiyaning Fredrikstad shahrida „Stjernen HC“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Shundan soʻng, Martin Kariya 2006— 2007-yilgi mavsumda Finlandiya SM-ligasi vakili „Espoo Blues“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. Martin Kariya Finlandiya ligasida 51 o‘yinda maydonga tushib, 61 ochko jamg‘ardi. Bu natija bilan Martin Kariya liganing eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Yevropadagi katta muvaffaqiyatidan soʻng, Martin Kariya oʻzining birinchi NHL shartnomasini „St. Louis Blues“ xokkey klubi bilan 2007-yilning 1-iyunida imzoladi. Shundan soʻng, Martin Kariya 2007-yil 1-oktyabrda klubning filiali „Peoria Rivermen“ xokkey jamoasi safiga yuborildi.
2009-yil 15-iyulda Martin Kariya KHL vakili "Dinamo Riga" xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi. 2009— 2010-yilgi mavsumda Martin Kariya klub safida 38 ta oʻyinda maydonga tushib, 22 ochko toʻpladi.
2010-yil 3-mayda Martin Kariya NLAga qaytib, „HC Ambri-Piotta“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Mukofotlar
Faoliyat statistikasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org