Martin Hiden
Martin Hiden (1973-yil 11-martda Shtayns shahrida tugʻilgan) — avstriyalik sobiq futbolchi, hozirda “Pasching” klubida yordamchi murabbiy sifatida ishlaydi.
Klubdagi karyerasi
U "Shturm Graz", "Zalsburg" (birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritgan),"Rapid Wien", "Lids United" (Angliya) va "Austria Wien" kabi klublarda oʻynagan. 1998-yilda "Lids Yunayted"ga qoʻshilgan holda, u Premer-ligada oʻynagan birinchi avstriyalik oʻyinchi boʻldi (darvozabon Aleks Manninger 1997-yilda "Arsenal" ga oʻtgan). 2003-yildan u Rapid Wien klubiga qaytib, 2005-yilda yana bir bor Avstriya chempionligini qoʻlga kiritadi.
2006-yilda u Rapidning yangi sardori sifatida e'lon qilindi (dastlab darvozabon Helge Payer qisqa vaqt kapitan sifatida oʻynaydi, u sobiq sardor Shteffen Hofman ketganidan keyin unga berilgan roldan oʻzini qulay his qilmadi) va 2007-yilda Andreas Ivanshits va Martin Stranzl jarohat olgan oʻyinlarda terma jamoa sardori boʻlgan.
Terma jamoadagi karyerasi
U Avstriya terma jamoasi safida ilk bor 1998-yil mart oyida Vengriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qilgan va 1998-yilgi FIFA Jahon chempionati ishtirokchisi boʻlgan, ammo maydonga tushmagan. Uterma jamoada jami 50 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. Shuningdek u Yevro-2008 da ham milliy terma jamoa safida ishtirok etgan.
Murabbiylik karyerasi
Hiden UEFA B litsenziyasiga ega murabbiy hisoblanadi. U 2013-yil 5-sentabrdan LASK Lintsga klubiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangunga qadar FC Pasching bosh murabbiyi boʻlgan. U klubi bilan birinchi oʻyida Villacher SVga qarshi 3:1 hisobida gʻalaba qozonadi. Uning soʻnggi oʻyini Yunion Gurtenga qarshi oʻyin boʻlib unda jamoasi 3:1 hisobida gʻalaba qozonadi. Karl Daxbacher ishdan boʻshatilgandan soʻng, Hiden LASK Linz klubining vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi. Klub soʻnggi sakkizta oʻyinning ikkitasida gʻalaba qozongan va soʻnggi oltita oʻyinning bittasida magʻlub boʻlgan. 2015-yilning 17-martida o‘tkazilgan debyut uchrashuvida Linz va SV Xorn 1:1 hisobida durang natija qayd etishgan.
Karyera statistikasi
Milliy terma jamoadagi statistikasi
Xalqaro oʻyinlar
Yutuqlari
Manbalar
uz.wikipedia.org