Martin Hayrer




Martin Hairer (talaffuzi: Martin Hayrer) (1975-yil 14-noyabrda tugʻilgan) — avstriyalik matematik. Stoxastik integrallarni, xususan, stoxastik qisman differensial tenglamalar sohasida ishlab keladi. 2014-yil Fields medali bilan taqdirlangan.

Hairer 1998-yil Geneva universitetini matematika va fizika boʻyicha bakalavr darajasi bilan tamomlagan. 2001-yilda Jean-Pierre Eckmann rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Hairer London qirollik jamiyati aʼzosi va London imperial kolleji matematika professoridir. Bundan oldin u Warwick universitetida hamda New York universitetining Courant institutida ishlagan.

Hairer Avstriya fuqaroligiga ega boʻlib, fransuz, nemis va ingliz tillarida soʻzlasha oladi. U matematik Xue-Mei Li bilan turmush qurgan. Olimning otasi Ernst Hairer Geneva universitetida matematika professori.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz