Martin Erlić
Martin Erlić (talaffuzi: Martin Erlik)(1998-yil 24-yanvarda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, A Seriyaning „Sassuolo“ klubi va Xorvatiya terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Sassuolo
Parma futbol klubi bankrot boʻlganidan soʻng, Martin 2015-yilda Sassuologa oʻtgan.
Südtirol ijara 2017-yil 31-avgustda Martin C Seriya vakili Südtirol bilan mavsumiy ijara shartnomasiga imzo chekgan. 8-oktyabr kuni u C Seriyadagi debyutini Südtirol tarkibida Padovaga qarshi safar oʻyinida oʻtkazgan. Martin jamosi magʻlubiyatga uchragan oʻyining 70-daqiqasida Filippo Sgarbining oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan. 15-oktyabr kuni u Südtirol uchun birinchi toʻliq 90 daqiqalik oʻyinini oʻtkazgan, jamoa oʻz uyida Santarkanjelo ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozongan. 8-noyabr kuni Martin oʻzining ilk professional golini Südtirol tarkibida safar uchrashuvida Sambenedettese darvozasiga kiritgan va uning jamoasi 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. Martin 30 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma bilan „Südtirol“dagi mavsumiy ijarasini yakunlagan.
Spezia ijara 2018-yilning 10-iyulida Martin B Seriyaning „Speziya“ klubiga bir mavsumlik ijara shartnomasi asosida ijaraga berilgan.
Spezia
Jarohat tufayli 2018—19-yilgi mavsumning katta qismini oʻtkazib yuborgan u 2019-yilning 15-iyulida doimiy ravishda Spezia safiga qaytgan.
Sassuologa qaytish
2021-yil 16-avgustda Martin Sassuolo bilan shartnoma imzolagan. Sassuolo jamoasi Martinni 2021—22-yilgi mavsum uchun Speziaga ijaraga bergan.
Xalqaro faoliyati
MArtin Xorvatiya terma jamoasidagi debyutini 2022-yil 6-iyun kuni Millatlar ligasi doirasida Fransiyaga qarshi o‘yinda (1:1) o‘tkazgan. Oʻyindan keyin Martinning soʻzlariga koʻra terma jamoada o‘ynash uchun akasining to‘yini o‘tkazib yuborgan.
Shaxsiy hayoti
2020-yil 24-oktyabrda u COVID-19 aniqlangan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org