Martin Angha
Martin Ives Angha-Lötscher (1994-yil 22-yanvarda tugʻilgan) — Shveysariyalik futbolchi, „Al-Adalah“ klubining markaziy himoyachisi.
Faoliyati
Arsenal
Angha Zürichda tugʻilgan. „Arsenal“ da yosh oʻyinchi sifatida ularning akademiyasida va zaxirasida oʻynagan. „Arsenal“dan oldin Angha „FC Zürich“ va „Grasshopper“ klubida oʻynagan. „Arsenal“ga oʻtishdan oldin „Chelsea“, „Manchester United“ va Germaniyaning „Bavariya“ klublari Anghaga qiziqqan. 2011—2012-yilgi mavsumdan soʻng Angha „Arsenal“ ning farm klubida 22 ta oʻyin oʻtkazdi. 2012-yilning 26-sentyabrida Angha Liga kubogi doirasida „Arsenal“ tarkibida „Coventry City“ga qarshi oʻyinda debyut qildi. 2012-yil 4-dekabrda Angha Chempionlar Ligasi doirasida „Olimpiacos“ ga qarshi oʻyinda 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
1. Nürnberg klubi
2013-yil 10-aprelda Angha yozda Germaniya Bundesligasining 1.Nürnberg klubiga oʻtishga rozi boʻldi. Klub bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi.
1860 Munich
2014-yil 30-avgustda Angha Germaniyaning 2.Bundesliga klubi 1860 Munich jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 2014-yilning 14-sentyabrida „St.Pauli“ga qarshi safarda 1:2 hisobida gʻalabali oʻyinda debyut qilgan. Oʻyinni oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻtkazgan.
St. Gallen
Angha 2015-yilning iyul oyida Shveysariya Superligasining „St.Gallen“ klubiga 150 ming funt sterling evaziga shartnoma imzoladi. Klubdagi faoliyati davomida sardor etib ham tayinlangan edi.
Sion
2017-yilning 11-sentyabrida Angha „Sion“ klubi bilan tekin transfer evaziga shartnoma imzoladi.
Fortuna Sittard
2019-yilning 26-avgustida Fortuna Anghaning transferini eʼlon qildi. Klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Al-Adalah
2022-yil 20-iyun kuni Angha Saudiya Arabistoni Pro-ligasining „Al-Adalah“ klubiga qoʻshildi.
Shaxsiy hayoti
Anghaning onasi shveysariyalik, otasi esa kongolik.
Faoliyat statistikasi
5-mart, 2019-yilgi holat boʻyicha[14]
Terma jamoada
Manbalar
uz.wikipedia.org