Martha Fierro
Martha Lorena Fierro Baquero (1977-yil 6-sentyabrda tugʻilgan) — ekvadorlik shaxmatchi. U xalqaro shaxmat ustasi va ayol grossmeyster unvonlariga ega. U 2009-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Amerika qitʼa chempionatida gʻolib chiqqan.
Faoliyati
U AQSHning Rod-Aylend shtati, Kingston shahrida tugʻilgan. Fierro koʻp yillar davomida Ekvadorning eng kuchli ayol shaxmatchisi boʻlib kelgan. U 1994-yildan 2012-yilgacha, ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan shaxmat Olimpiadasida Ekvador terma jamoasi nomini himoya qilgan. 1998-yilda u ochiq shaxmat musobaqasida (erkak va ayol oʻyinchilar bilan) oʻynadi, boshqa mosobaqalarda esa ayollar turnirida qatnashdi. Uning eng yaxshi natijalari 1996-yilda Yerevanda boʻlib oʻtgan, ayollar shaxmat Olimpiadasida (9,5/13 ball) va 2008-yilda Drezdenda oʻtkazilgan, ayollar shaxmat olimpiadasida (7,5/8 ball) kumush medallarni qoʻlga kiritgan.
Fierro ikki marta 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Panamerika chempionatida (1994-yil va 1995-yillarda) va uch marta 20 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Panamerika chempionatida (1995-yil, 1996-yil va 1997-yillarda) gʻolib chiqdi. Oʻsha paytlarda u koʻplab shaxmat ustalari nazariga tushdi. U 2009-yildan 2011-yilgacha ayollar oʻrtasidagi FIDE turnirlarida qatnashgan, bu oʻyinlar esa uni yanada koʻpchilikka tanitdi.
Fierro FIDE vitse-prezidenti va FIDE Ayollar shaxmati komissiyasi (WOM) raisi darajasiga ham chiqdi. Hozirgacha u shaxmat uchun katta hissa qoʻshib kelmoqda. U esa bundan hursand va u oʻz kasbini doim yaxshi koʻrib bajaradi. Fierro uchun shaxmat hayotining bir boʻlagi, doim u bilan shugʻulanib turishni yoddan chiqarmaydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org