Marteyn Ryoser




Martijn Franciscus Reuser (talaffuzi: Marteyn Ryoser; 1975-yil 1-fevralda tugʻilgan) — Gollandiyalik sobiq professional futbolchi, Gollandiya va Angliya klublarida oʻynagan. Gollandiya terma jamoasi safida bir marta maydonga tushgan.

Faoliyati



Amsterdamda tugʻilgan Reuser oʻz faoliyatini Gollandiyaning Ajax klubida boshlagan va 1993-yilda asosiy jamoaga oʻtgan. 1997-yilda Gollandiyaning boshqa klubi Vitess Arnhemga oʻtdi. 3 mavsumdan keyin „Ajax“ qaytdi. Asosiy jamoada atigi bir marta maydonga tushdi va 1999—2000-yilgi mavsumda Angliyaning Ipswich Town klubida ijarada oʻynadi. Klubdagi toʻrt yillik faoliyati davomida jarima zarbalarini yaxshi tepuvchi sifatida oʻzini koʻrsatdi.

Ipswich Towndagi faoliyati davomida jarohatlar bilan bogʻliq muammolardan qiynalgan. Shunga qaramay, klubdagi birinchi mavsumida oltita gol urishga muvaffaq boʻldi va Premyer-ligadagi eng xavfli hujumkor yarim himoyachilardan biri sifatida koʻrsatdi. Oʻsha mavsumda Ipswich ligada beshinchi oʻrinni egalladi.

Reuser 2004—2005-yilgi mavsumda Willem IIga qoʻshildi. Gollandiyada jarohat tufayli ikki oyini oʻtkazib yubordi. Shunday boʻlsa-da klubning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. Reuser 2006—2007-yilgi mavsumda Gollandiyaning boshqa jamoasi RKC Waalwijk bilan oʻynadi. 2008—2010-yilgi mavsumda NAC Bredada oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati



Reuser oʻzining murabbiylik faoliyatini 2012—2013-yilgi mavsumda boshlagan va NAC Bredaning U19 jamoasida murabbiy yordamchisi boʻlib ishlagan. 2013-yil davomida Reuser Ajaxda amaliyot oʻtagan. 2013—2014-yilgi mavsumda Reuser NACning U12 jamoasini boshqargan.

2014—2015-yilgi mavsum oldidan Reuser NACning U15 jamoasiga oʻtgan. 2014-yilda Gollandiya U15 terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi etib tayinlangan.

Gollandiya U15 terma jamoasidagi ishidan tashqari, Reuser 2015-yil iyun oyida ADO Den Haagga U17 jamosiga yordamchi murabbiy sifatida qoʻshildi. 2016-yilning yozida Reuser ADOning U16 jamoasiga oʻtgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlari



Ajax

Ipswich Town

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz