Martensit




Martensit [nemis metallshunosi A. Martensit (1850 — 1914) nomidan] — 1) poʻlatning tarkibiy qismi; past temperaturali modifikatsiyadagi alfatemirga xos uglerodning oʻta toʻyingan qattiq eritmasidan iborat. Poʻlatni toblash paytida austenitshn hosil boʻladi. M. tuzilishli poʻlat juda mustahkam va qattiq. Metallni boʻshatish yoʻli bilan M.ning plastikligi oshiriladi. M., koʻpincha, temir-uglerodli qotishmalarning asosini tashkil qiladi; 2) kristall qattiq jismlar (toza metallar, metall asosli qattiq qotishmalar) ning asosiy strukturaviy tashkil etuvchisi; past temperaturali polimorf modifikatsiyadan iborat. Ignalar, plastinalar va linzalar shaklidagi ayrim kristallar koʻrinishiga ega. Oʻziga xos fazaviy oʻzgarishlar oqibatida hosil boʻladi.

Martensit - (nemis metallshunosi A. Martensit (1850 - 1914) nomidan) - poʻlatning tarkibiy qismi; past haroratli modifikatsiyadagi al'fatemirga xos uglerodning oʻta toʻyingan qattiq eritmasidan iborat. Poʻlatni toblash paytida austenit hosil boʻladi. Martensit tuzilishli poʻlat juda mustahkam va qattiq. Metallni boʻshatish yoʻli bilan martensitning plastikligi oshiriladi. Martensit koʻpincha, temir-uglerodli qotishmalarning asosini tashkil qiladi.

Manba




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz