Marshall Warren Nirenberg




Marshall Warren Nirenberg (1927.10.4, Nyu-York) - amerikalik biokimyogar. AQSH milliy Fanlar akademiyasi (1967) va Amerika sanʼat va fan akademiyasi (1966) aʼzosi. Michigan universiteti (1952—57), Artritlar va moddalar al-mashinuvi kasalliklari instituti (1957— 62) ilmiy xodimi, 1962-yildan Lingov yurak kasalliklari milliy instituti bio-kimyo genetikasi laboratoriya mudiri. Asosiy ishlari genetik kodning mazmunini ochib berishga bagʻishlangan. U poliuridil kislota polifenilalaninni sintez qilish uchun matritsa bulib xizmat qilishini isbotlab berdi. Nobel mukofoti laureati (1968, R. Xolli va X. G. Korana bilan hamkorlikda).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz