Marsel Provans aeroporti
Marsel Provans aeroporti (fransuzcha: Aéroport Marseille-Provence) (IATA:
MRS , ICAO:
LFML ) – Fransiyaning Marsel shahridan 27 km (17 milya) shimoli-gʻarbda, Provence-Alpes-Côte d’Azur mintaqasidagi Bouches-du-Rhône departamentining Marignane hududida joylashgan xalqaro aeroport. Aeroportning ichki hududlariGapdan Arlesga va Tulondan Avignon prefekturalarigacha choʻziladi.
Tarixi
Aeroport ilgari Marsel-Marignan aeroporti nomi bilan atalgan, 1934-yildan beri Marsel-Provans aeroporti Savdo-sanoat palatasi (SSP) tomonidan boshqariladi.
1920 va 1930-yillarda Marignane uchuvchi kema (suvga qoʻnuvchi samolyot)lar uchun Fransiyaning asosiy aeroportlaridan biri edi. U hatto qisqa vaqt ichida Pan American World Airways Clipper uchuvchi kemalari uchun terminal boʻlib xizmat qilgan. PanAmdan boshqa uchuvchi kema operatorlari Aéropostale va Air Union edi, Air Union 1931-yilda Antibga koʻchib oʻtdi. Marignaneda Lioré et Olivier fransuz kompaniyasining gidroplanlar ishlab chiqarish zavodi ham boʻlgan..
Antuan de Sent-Ekzyuperi "Shamol, qum va yulduzlar" asarining 8-bobida Tunisga yoʻl olishdan oldin yonilgʻi quyish uchun Marignane aeroportiga qaytishini tasvirlagan. Ekzyuperining eng shoh asari "Kichkina shahzoda" asarida ushbu samolyotning halokatli qoʻnishini tasvirlagan.
2006-yil sentyabr oyida aeroport arzon aviakompaniyalar uchun yangi MP2 terminalini ochdi. 2013-yilda aeroport hududida xarid qilish va ovqatlanish zonalari kengaytirildi, ular orasida 30 ta yangi doʻkon va restoranlar, xususan 1997-yildan beri Fransiyadagi birinchi Burger King restorani ham bor.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
Yoʻlovchi tashish
Quyidahi aviakompaniyalar Marsel Provans aeroportidan muntazam va charter reyslarni amalga oshiradi:
Yuk tashish
Statistika
Marsel aeroporti yoʻlovchi tashish boʻyicha beshinchi, yuk tashish boʻyicha esa uchinchi eng gavjum fransuz aeroporti hisoblanadi. 2012-yilda aeroport 8 295 479 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatib (bir yil oldinga nisbatan 12,7% oʻsish), Yevropadagi yoʻlovchilar oqimining oʻsishi boʻyicha toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Marsel Provans aeroporti Air France uchun havo tuguni hisoblanadi. 2013-yil yozida aeroport 132 ta muntazam yoʻnalishlarga xizmat koʻrsatdi, bu Fransiyadagi Parij aeroportlaridan keyingi eng koʻp yoʻnalishga ega aeroport hisoblanadi.
Yer usti transporti
Aeroportga TER temir yoʻl kompaniyasining Vitrolles Marsel Provans aeroporti vokzali xizmat koʻrsatadi. Aeroport va vokzal oʻrtasida jamoat avtobusi ishlaydi.
Boshqa imkoniyatlari
Baxtsiz hodisalar va falokatlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org