MAROVICH SVETOZAR



MAROVICH SVETOZAR (1955.31.3, Kotor) — Serbiya va Chernogoriya davlat arbobi. Podgorisadagi universitetni tugatgan. 1990 yilgacha Chernogoriya sotsialistik yoshlar Ittifoqi raisi bo’lib ishlagan, Chernogoriya kommunistlar Ittifoqi MK Prezidiumi tarkibida bo’lgan; Chernogoriya mustaqilligini yoqlab chiqqan Chernogoriya sosialistlarining demokratik partiyasi asoschilaridan biri. 1990 yil Chernogoriya parlamentiga saylangan. 1994 — 2001 yillarda uch marta Chernogoriya parlamenti spikeri etib saylangan. 1999 — 2003 yillarda Chernogoriya parlamentida tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar qo’mitasi raisi, 2003 yil 7 martdan Serbiya va Chernogoriya Prezidenti.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz