Marokashda Ahmadiya ta'limoti
Ahmadiya harakati Marokashdagi kichik, ammo oʻsib borayotgan diniy guruh boʻlib, 2013-yilda bor-yoʻgʻi besh yuzga yaqin tarafdoriga ega boʻlgani xabar qiliandi.
Tarixi
Ahmadiya 1990-yillar boshida Marokashda rasman tashkil topgan. Bu islomiy guruh tarafdorlari soni yillar davomida, lekin juda sekin ortib bormoqda. 2013-yilda Marokashda 500 ga yaqin Ahmadiylar boʻlgan. Ammo bu raqam ancha koʻp boʻlishi mumkin, chunki baʼzi Ahmadiylar oʻzlarini taʼqiblardan himoya qilish uchun harakatga sodiqliklarini oshkora aytmaslikni afzal koʻrishadi.
Tashkilotlar
Marokashlik Ahmadiylarning oʻz eʼtiqodlarini amalda qoʻllashi yoki oʻrgatishi uchun rasmiy joyi yoʻq. Lekin, soʻnggi vaqtlarda, ayniqsa, Sale, Kasablanka, Meknes va Tanjer shaharlarida koʻpayib borayotgan maktablar Ahmadiylarga tegishli ekanligi xabar qilinmoqda.
Siyosiy hayotga ta'siri
Marokash — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1972-yilda qabul qilingan, unga 1992 va 1996-yil referendumlarda qabul qilingan oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol (1999-yildan Muhammad VI). U bosh vazir va vazirlarni tayinlaydi hamda lavozimidan boʻshatadi, Vazirlar Kengashida raislik qiladi, parlamentni tarqatib yuborishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va ikki palatali parlament (Vakillar palatasi va Maslahatchilar palatasi), ijroiya xokimi-yatni hukumat amalga oshiradi. Garchi Ahmadiya harakati mamlakatda siyosiy kuch sifatida chiqmagan bo`lsa ham mamlakat sotsial va siyosiy hayotiga insonlar shuuri orqali ta'sir ko`rsatadi.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org