Marokash Menara aeroporti




Marokash-Menara (berber.: ⴰⵣⴰⴳⵯⵣ ⵎⵕⵕⴰⴽⵛ ⵎⵉⵏⴰⵕⴰ, fransuzcha: Aéroport Marrakech Ménara, arabcha: مطار مراكش المنارة, IATA: RAK , ICAO: GMMX ) — Marokashdagi Marokash-Safi mintaqasining poytaxti Marokash shahrida joylashgan xalqaro aeroport. Aeroport Yevropadan bir nechta reyslarni, shuningdek, Kasablanka va arab dunyosining ayrim davlatlaridan reyslarni qabul qiladi. 2019-yilda aeroport 6,3 milliondan ortiq yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi.

Tarixi



Ikkinchi jahon urushi davrida AQSh armiyasi havo kuchlari havo transporti qoʻmondonligi tomonidan yuk, tranzit samolyotlar va xodimlar uchun markaz sifatida ushbu aeroportdan foydalanilgan. Bundan tashqari aeroport, Shimoliy Afrikaning Qohira-Dakar transport yoʻnalishida Kasablanka hamda Agadirga yoʻlda yuk, tranzit samolyotlar va xodimlar uchun toʻxtash joyi vazifasini ham bajargan.

Xususiyatlari



Terminallari



Menara aeroportida bitta katta binoda joylashgan 2 ta yoʻlovchi terminali mavjud. 3-terminal hozirda qurilish jarayonida. Mavjud terminallar yiliga 9 million yoʻlovchini qabul qilish imkoniyatiga ega. Alohida yuk terminali 340 m yopiq maydonga ega. Aerovokzal maydoni 22 000 m boʻlib, yiliga 2 500 000 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan. Menara Marokashdagi 6 ta aeroportlardan biri boʻlib, u yerda ONDA „Salon Convives de Marque“ maxsus VIP xizmatlarini taklif qiladi.

Uchish-qoʻnish yoʻlagi



125 000 m samolyotlar toʻxtash joyi 14 ta Boeing 737 va 4 ta Boeing 747 samolyotlarini sigʻdira oladi. Yuk terminali 340 m yopiq maydonga ega. Asfaltlangan uchish-qoʻnish yoʻlagi 10/28 yoʻnalishi boʻyicha yotqizilgan va oʻlchamlari 3100 × 45 m. U Boeing 747 gacha boʻlgan barcha zamonaviy reaktiv laynerlarni sigʻdira oladi. Aeroport ILS Cat II qoʻnish tizimi bilan jihozlangan va quyidagi radionavigatsiya vositalaridan foydalanadi: RGA — RMD — PRS.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar




Eslatmalar
.mw-parser-output .citation{word-wrap:break-word}.mw-parser-output .citation:target{background-color:rgba(0,127,255,0.133)} ^a Tanlangan kunlarda bu reys Marokashdan Syurixga Agadir orqali amalga oshirildi, biroq ushbu aviatashuvchi faqat Marokash-Agadir yo'nalishida aviaqatnovlarni amalga oshirish huquqiga ega emas.
^b Boa Vista va Saldan Marokashga parvozlar Parij Orli aeroportidan boshlanadigan va tugaydigan aylanma reyslar hisoblanadi.
^c Dakardan Marokashga parvozlar Lion—Sent Ekzyuperi aeroportidan boshlanadigan va tugaydigan aylanma reyslar hisoblanadi.

Statistika




Yer usti transporti



Ispaniyaning Alsa avtobus kompaniyasi tomonidan har kuni Marrakesh Menara aeroporti va madina (bekat Kutubiya masjidi qarshisidagi avtobus bekatlari qatorida joylashgan) va yangi shahar oʻrtasida muntazam ravishda 19-yoʻnalish avtobuslar qatnovi amalga oshiriladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz