Marokash ayollar milliy futbol terma jamoasi




Marokash ayollar milliy futbol terma jamoasi (arabcha: منتخب المغرب لكرة القدم للسيدات, fransuzcha: Équipe du Maroc féminine de football) xalqaro ayollar futbolida Marokash sharafini ifodalaydi. Marokash ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliyati Marokash Qirollik Futbol Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Marokash ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻzining birinchi xalqaro oʻyinini 1998-yilda uchinchi ayollar Afrika millatlar kubogi doirasida oʻtkazgan.

Marokash ayollar milliy futbol terma jamoasining anʼanaviy raqiblari, asosan, Jazoir, Tunis va Misr ayollar milliy futbol terma jamoalaridir.

Tarixi



Keniya 1998-yilgi chempionatga yoʻllanma olganidan soʻng, Marokash ayollar milliy futbol terma jamoasi Nigeriyadagi turnirga yoʻl oldi va u yerda Misrni 4:1 hisobida magʻlub etishdan oldin mezbonlarga 0:8 hisobida magʻlub boʻldi. Marokash ayollar milliy futbol terma jamoasi guruhning soʻnggi oʻyinida Afrika ayollar futbol chempionati debyutanti Kongo Demokratik Respublikasi ayollar terma jamoasi bilan toʻqnash keldi. Ikkala jamoa ham gʻalaba qozonib, yarim finalga yoʻllanma olish imkoniyatiga ega boʻldi. Biroq, yakuniy 0:0 hisobidagi durang Marokash ayollar milliy futbol terma jamoasini keyingi bosqichga chiqishdan olib qoldi, chunki Kongo terma jamoasining toʻplar nisbati yaxshiroq boʻlgan.

Ikki yil oʻtib, Marokash ayollar milliy futbol terma jamoasi Janubiy Afrikada boʻlib oʻtadigan Afrika chempionatidga Jazoir terma jamoasi ustidan umumiy 6:1 hisobida gʻalaba qozonib yoʻllanma oldi. Biroq, Marokash ayollar milliy futbol terma jamoasi guruh bosqichining dastlabki oʻyinida Kamerun ayollar terma jamoasiga qarshi birinchi golni urganidan soʻng, ular oʻz darvozalaridan 13 ta gol oʻtkazib yubordi va uchta oʻyinda ham magʻlub boʻldi va guruhda oxirgi oʻrinni egallashdi.

Marokash ayollar milliy futbol terma jamoasining 2002 va 2006-yillardagi Afrika ayollar chempionatidagi ishtirokini Mali ayollar terma jamoasi ikki safar ham saralash bosqichi toʻxtatgan.

Yangi davr (2020-yildan hozirgi kungacha)



2020-yil 22-fevral kuni Marokash ayollar milliy futbol terma jamoasi Jazoir terma jamoasini 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, 2020-yilgi UNAF ayollar kubogida gʻolib chiqishga muvaffaq boʻlishdi.

Jamoa tasviri



Laqaibi



Marokash ayollar milliy futbol terma jamoasi "Atlas sherlari" nomi bilan tanilgan.

Uy stadioni




Marokash ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini Marokash Qirollik Futbol Federatsiyasiga qarashli "Moulay Abdallah" stadionida oʻtkazadi. U Marokashning Rabat shahrida joylashgan.

Sport toʻplamlari



Toʻplam yetkazib beruvchi homiy

Murabbiylar shtabi



Hozirgi murabbiylar shtabi




Bosh murabbiylar tarixi




Marokash ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari



Hozirgi tarkib




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz