Marmar churrak




Tarqalishi

Amudaryo xavzasining Termizdan Urganchgacha boʻlgan qismi (Dengizkoʻl, Yettikoʻl,Chochqaxona,Xadicha Termiz xududining Amudaryo qayirlari,Dengizkoʻl-nomuntazam qishlash).Zarafshon daryosi vohasi (Toʻdakoʻl va Buxoro ixtisoslashgan „Jayron“pitomnigi hududida -oʻtmishdagi uyalash joylari).Oʻzbekistondan tashqarida:Qozogiston,Turkmaniston,Ozarbayjon(uyalash),Ispaniya Shimoliy Afrika,Gʻarbiy Osiyo (uyalash, qishlash);Hindiston va Pokiston(qishlash).

Yashash joylari

Suv va qirgʻoq boʻyi oʻsimliklari yaxshi rivojlangan, sayoz, chuchuk va nimshoʻr suvli xavzalar.

Soni

1960-yillargacha Amudaryo va Sirdaryo xavzalarida koʻp uchrar edi. Xozirda koʻpchilik yashash joylarida yoʻq boʻlib ketgan.0,5-1,5 ming donasi gala-gala (15tagacha)boʻlib uchib oʻtadi. Kuzda yirik suv xavzalarida 200-400 tagachasi toʻplanadi. Dengiz koʻlda koʻpi bilan 2 juft ,Yettikoʻl va Choʻchqa xonada-=1-2 tadan ,Xadichada 2-3juft uyalaydi. Nomuntazam qishlaydi. Dengiz koʻlda 2003 -yil 120ta qush,2006-yil 14ta 2009-yil 6ta qishlab qolgan. Dunyodagi populyatsasi boʻyicha trendi aniqlanmagan.

Yashash tarzi

Bahorgi uchib oʻtishi fevral martda, kuzgisi-oktabrda. May oyida 9-15ta tuxum qoʻyadi va 25-27 kun bosadi. Suv oʻtlari va umirtqasizlar bilan oziqlanadi.

Koʻpaytirish

Yevropa parvarish xonalari va hayvonot bogʻida koʻpaytiriladi.

Manbalar

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz