Marlen Chobanov
Marlen Burgandinovich Chobanov (2000-yil 10-oktyabrda tugʻilgan) — ukrainalik va oʻzbek futbolchisi, „Turon“ klubi himoyachisi.
Futbolchilik faoliyati
Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarbiyalanuvchisi, keyinchalik Ukrainaga koʻchib oʻtgan. U Ukraina bolalar va oʻsmirlar futbol ligasida Kievning „Arsenal“ (2015-2016), Ivan Poddubniy Olimpiya kolleji (2017) va Obolon (2018-2019) jamoalarida oʻynagan. 2018/19-yilgi mavsumda u 19 yoshgacha boʻlganlar toifasida DUFLning eng yaxshi himoyachisi deb topildi. 2018-yilda u birinchi liga jamoalari oʻrtasida 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi yoshlar chempionati gʻolibiga aylandi, 2019-yilda esa final toʻrtligida oʻynad.
2019/20-yilgi mavsumda u Ukraina Ikkinchi ligasida „Obolon-2“da oʻynay boshladi. Jamoa libosida ilk bor 2019-yilning 27-iyulida „Dinaz“ga qarshi o‘yinda (1:0) maydonga tushgan. Umuman olganda, futbolchi „Obolon-2“ safida olti oy oʻynadi.
2020-yilning ikkinchi yarmida Chobanov „Paxtakor“ bilan mashgʻulotlarni boshladi. 2021-yilning yanvarida Ukraina klubi bilan shartnomasi tugaganidan soʻng, u „Paxtakor“ bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Klubda Chobanov yiliga 482,8 million o‘zbek so‘mi (44,8 ming dollar) maosh olgan. 2021-yil 12-may kuni O‘zbekiston chempionatida „Qo‘qon 1912“ bilan o‘yinda (3:0) debyut qilgan. Jamoadagi ilk mavsumida Chobanov OChLda ham debyut qildi.
Xalqaro oʻyinlar
U 14 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi lageriga chaqirilgan.
2021-yilning noyabr oyida Srečko Katanec ilk bor Oʻzbekiston terma jamoasi lageriga yigʻinga chaqirdi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org