Markov Mixail Nikitovich




Mixail Nikitovich Markov (1910.17.10, Toshkent — 1985.14.8) — paxta terish mashinalari konstruktori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ixtirochi (1964). "Tashselmash" zavodida katta texnik-konstruktor (1939—41), katta muhandis-konstruktor, katta muhandiskonstruktor guruhi rahbari (1941—46). Paxtachilik mashinalari boʻyicha Davlat maxsus konstruktorlik byurosida turli lavozimlarda ishlagan. (1946—85). M. rahbarligida SXM—48 markali dastlabki paxta terish mashinasi yaratildi (1949). M. 1964-yildan boshlab ishlab chiqarilgan ikki qatorli XT—1,2 markali, terish apparatlari old qismiga joylashtirilgan paxta terish mashinasining osma qurilmasi sistemasini ishlab chiqishda qatnashgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz