Marko Rog




Marko Rog (talaffuzi: Marko Rog) (1995-yil 19-iyulda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, B Seriyaning „Cagliari“ klubi va Xorvatiya terma jamoasida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Ilk faoliyat yillari



Rog oʻzining faoliyatini 2013-yilda NK Varaždin bilan boshlagan, jamoa 2011/2012-yilgi mavsumda moliyaviy qiyinchiliklar tufayli tugatilgan.

Rog 2014-yilning yozida Xorvatiyaning birinchi futbol ligasining RNK Split jamoasiga nomaʼlum toʻlov evaziga koʻchib oʻtgan. 2014-yilning 28-iyulida Rog RNK Split uchun professional debyutini Istra 1961ga qarshi oʻtkazgan. Uning Split bilan birinchi va yagona mavsumi juda muvaffaqiyatli oʻtdi va 44 oʻyinda 9 gol urgan.

Dinamo Zagreb



2015-yil iyun oyida Rog Zagrebning Dinamo klubiga oʻtgan. U klub bilan besh yillik shartnoma imzolagan, uning maoshi 5 million yevro etib belgilangan. 2015-yilning 12-iyulida, 19 yoshida, u Zagrebning „Dinamo“ klubi safida rasmiy ligada debyut qilgan, mavsumning birinchi ligasida „Hajduk Split“ga qarshi oʻyinda Ante Chorich oʻrniga maydonga tushgan. 

Napoli



2016-yilning 29-avgustida Rog 5 yillik shartnoma asosida A Seriyaning „Napoli“ jamoasiga oʻtgan. U klubdagi ilk golini 2017-yilning 27-avgustida „Atalanta“ga qarshi oʻyinda (3:1) kiritgan.

Sevilla (ijara)
2019-yilning 29-yanvarida Rog 2019-yilning 30-iyuniga qadar Ispaniya La Ligasining „Sevilla“ jamoasiga ijara asosida qoʻshilgan. Rog „Sevilla“ tarkibida La Ligadagi dastlabki ikki oʻyinini „Barselona“ va „Ueska“ga qarshi magʻlubiyat bilan boshlagan. U shuningdek jamosi bilan, „Leganes“ga 3:0 hisobida magʻlub boʻlgan va „Atletik Bilbao“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan. Rog ligada yana oltita oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan. U UEFA Yevropa ligasida uchta oʻyinda maydonga tushgan.

Cagliari (ijara)
2019-yilning 17-iyulida Caglari futbolchini „Napoli“dan sotib olgan. Rog „Caglari“ga bonuslar bilan birga 18 million yevro miqdoridagi mablagʻ evaziga ijara asosida oʻtgan.

Xalqaro faoliyati



2014-yilning 12-noyabrida Rog Xorvatiya terma jamoasi safida Argentinaga qarshi oʻyinda debyut qilgan va 84-daqiqada Duje Chopning oʻrniga maydonga tushgan. U Fransiyada boʻlib oʻtgan UEFA Evro-2016da Xorvatiya terma jamoasi tarkibida qatnashgan. Rog jamoaning guruhdagi soʻnggi oʻyinida asosiy tarkibda maydonga tushgan, jamoasi Ispaniyaga qarshi 2:1 hisobida gʻalaba qozongan, bu uning turnirdagi yagona oʻyini boʻlgan.

JCh-2018 saralash bosqichida Xorvatiya terma jamoasining doimiy azosi boʻlgan Rog zahiradan beshta oʻyinda maydonga tushgan. 2018-yilning may oyida u Xorvatiyaning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati uchun dastlabki 32 kishilik tarkibiga kiritilgan, ammo soʻngi 23 kishilik tarkibdan joy ola olmagan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlari



Dinamo Zagreb

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz