Marko Mihojević
Marko Mihojević (talaffuzi: Marko Mixoyevich; 1996-yil 21-aprelda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, 1. Lig vakili Göztepe va Bosniya va Gersegovina terma jamoasi markaziy himoyachisi
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati
Mihojević Leotar klubining yoshlar akademiyasi oʻynagan. 2012-yil 6-oktyabrda 16 yoshida GOŠK Gabelaga qarshi professional debyutini o‘tkazgan.
Sarajevo
2014-yilning iyulida Mihojević 4 yillik shartnoma asosida Sarajevoga qoʻshildi. 2015-yilning 28-fevralida jamoadagi rasmiy debyutini Zvijezda Gradačacga qarshi o‘tkazdi. Klub bilan birinchi kubokni 30-may kuni, liga chempioni boʻlganida qoʻlga kiritdi.
2017-yil iyun oyida Mihojević jamoa sardori etib tayinlandi.
27-avgust kuni birinchi professional golini Borac Banja Luka darvozasiga kiritdi.
PAOK
2018-yilning yanvarida Mihojević nomaʼlum toʻlov evaziga Gretsiyaning PAOK klubiga oʻtdi. 5-may kuni Plataniasga qarshi jamoadagi debyutini oʻtkazdi. 12-may kuni klub bilan Gretsiya kubogi finalida AEKni magʻlub etib, birinchi chempionligini qoʻlga kiritdi.
Avgust oyida Mihojević OFIga mavsumiy ijaraga yuborildi.
2019-yilning iyul oyida mavsumiy ijara asosida Germaniyaning Ersgebirge Aue jamoasiga qoʻshildi.
Göztepe
2020-yil sentyabr oyida Mihojević Turkiyaning Göztepe jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 18-oktyabr kuni Fenerbahçega qarshi oʻyinda debyut qildi. 2021-yilning 16-yanvarida Konyaspor qarshi oʻyinda jamoadagi ilk golini kiritdi.
2022 yil aprel oyida „Göztepe“ 1. Ligdan tushib ketganiga qaramay, Mihojević klubda qolishga qaror qildi.
Xalqaro faoliyati
Mihojević Bosniya va Gersegovinaning barcha yosh toifadagi terma jamoasini himoya qilgan.
2018-yil yanvar oyida AQSh va Meksikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga birinchi marta chaqiruv oldi. 28-yanvar kuni AQShga qarshi debyut qildi.
Faoliyat statistikasi
Klub
6-noyabr, 2022-yil[20]
Xalqaro
27-mart, 2021-yil[21]
Yutuqlari
Sarajevo PAOK Manbalar
uz.wikipedia.org