Marko Lešković




Marko Leškovich (talaffuzi: Marko Leshkovich) (1991-yil 27-aprelda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Hindiston Superligasining Kerala Blasters klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Lešković o'z faoliyatini Osijekda yoshlar jamoasida o'ynashdan boshlagan, jamoa bilan 2009-yil dekabr oyida professional shartnoma imzolagan.

2010—2011-yilgi mavsumning birinchi yarmida u Druga HNLning Suxopolye jamoasiga ijaraga berilgan va u 14 o'yinda maydonga tushib, to'rt marta gol urgan.

U qishki tanaffusdan so'ng Osijekga qaytgan va 2011-yilning 5-martida Istra 1961ga qarshi o'yinda (2:1) zaxiradan maydonga tushgan holda asosiy jamoada debyut qilgan. O'sha mavsumda u yana bitta o'yin o'tkazgan. 2011—2012-yilgi mavsumda Lešković asosiy jamoada o'tgan mavsumga nisbatan ko'proq o'yinlarda maydonga tushgan. Umumiy hisobda sakkizta o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan bo'lsa, o'n bir o'yinda zaxiradan o'yinga qo'shilgan. U Prva HNLdagi ilk golini 2012-yil 20-mart kuni Zagreb bilan 2:2 hisobidagi durang oʻyinda kiritgan.

2012—2013-yilgi mavsumda Marko o'zini ajoyib futbolchi sifatida ko'rsatgan. U Osijek tarkibida 35 ta o'yinda maydonga tushgan. Mavsumni 4 ta gol bilan yakunlagan.

2013-yilning yozida Lešković HNKning Rijeka jamoasiga o'tgan. Lešković o'zining birinchi mavsumida 25 ta o'yinda maydonga tushgan. Keyingi mavsumda Marko 41 ta oʻyinda maydonga tushgan va uning jamoasi Yevropa ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritigan.

2016-yilning iyulida, Rijeka bilan uch mavsumdan so'ng, Lešković Zagrebning Dinamo klubiga o'tgan.

2021-yilning yanvarida Lešković mavsum oxirigacha "Lokomotiv" NK jamoasiga ijaraga berilgan.

2021-yil 15-sentyabrda Lešković Hindiston Superligasining Kerala Blasters klubiga bir yillik shartnoma asosida qoʻshilganini e’lon qilgan. U klubdagi debyutini 19-noyabr kuni Hindiston Superligasining 2021/22-yilgi mavsumida ATK Mohun Bagan FCga qarshi o'tkazgan va ular 4:2 hisobida mag'lub bo'lishgan.

Xalqaro faoliyati



Lešković Xorvatiyani U18 dan U21 gacha bo'lgan barcha yoshlar milliy darajalarida himoya qilgan. U 2014-yilda Argentinaga qarshi oʻyinda kattalar terma jamoasida debyut qilgan va jami 4ta oʻyin oʻtkazib, birorta ham gol urmagan. Uning so'nggi xalqaro o'yini 2017-yil mart oyida Estoniyaga qarshi o'rtoqlik o'yini bo'lgan.

Faoliyat statistikasi




Yutuqlari



Osijek

Rijeka

Dinamo Zagreb

Kerala Blasters

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz