Marko Klisura
Marko Klisura (Serbiya kirillchasi: Марко Клисура; 1992-yil 15-oktyabrda tugʻilgan) — serbiyalik professional futbolchi. Kabel klubida himoyachi sifatida toʻp suradi.
Asosan chap markaziy himoya oʻynaydi. Oʻng qanot himoyachisi yoki yarim himoyachi sifatida ham oʻynay oladi. Klisura baland boʻyli futbolchi boʻlishiga qaramay, faoliyatini yarim himoyachi sifatida boshlagan.
Faoliyati
Sremska Mitrovitsa shahrida tugʻilgan. Voyvodinadagi yoshlar maktabida shugʻullangan. Keyinchalik Sloga Temeringa oʻtgan. Palić, Mladenovac va Cement Beočin klublarida ham qisqa qisqa vaqt oʻynagan. 2013—2014-yilgi mavsumda Čelarevo jamoasida toʻp surgan, 25 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan. 2015-yil yozida Novi Pazarga qoʻshildi, biroq u qisqa vaqtdan soʻng klubni tark etdi. 2015-yil yozgi transfer davrining soʻnggi kunida Klisura „Spartak Subotica“ga oʻtdi. 2015—2016-yilgi mavsumning birinchi yarmida „Spartak“ safida bor-yoʻgʻi 1 marta rasmiy oʻyin oʻtkazdi. Keyin esa mavsum tugamasidan klubni tark etdi.
Mavsum oraligʻidagi tanaffusda u Bačkaga qaytdi. Klisura Superligadagi ilk golini 2017-yilning 17-mayida Radnik Surdulica klubiga qarshi oʻyinda kiritdi va bu gol oʻyinning yagona goli boʻlib qoldi (1:0). 2017-yil oxirida u Bačka bilan shartnomani oʻzaro bekor qildi va klubni tark etdi. 2018-yilning 17-fevral kuni Klisura Oʻzbekiston Superligasi vakili „Buxoro“ bilan shartnoma imzoladi. Buxoroda 4 oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan. 2018-yilning 19-avgustida u Hindiston Superligasi franchayzi Mumbay City jamoasiga bir yillik shartnoma asosida qo‘shildi. „Mumbay City“dan keyin u yana „Rabotnički“ va „Bačka“ jamoalarida oʻynadi.
2021-yilning 7-fevralida Klisura Bosniya Premyer-ligasining „Mladost Doboj Kakanj“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2021-yil 28-fevralda „Mladost“ safida „NK Široki Brijeg“ga qarshi liga o‘yinida rasmiy debyut qildi.
Terma jamoadagi faoliyati
2017-yil boshida Klisura Serbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Slavoljub Muslin tomonidan chaqiruv oldi. 2017-yilning 29-yanvarida AQSHga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida jamoada debyut qildi.
Faoliyat statistikasi
Klubda
8-iyun, 2018-yil holatiga koʻra[13]
Terma jamoada
30-yanvar, 2017-yil[14]
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org