Markiz Orollari




Markiz orollari - Tinch okeanning markaziy qismidagi vulqon orollari guruhi, Polineziyada joylashgan. Fransiya mulki. Maydoni:1049km². Eng yirik orollari: Nukuxiva va Xiva-Oa. Zamini bazalt va tuflardan tashkil topgan. Eng baland joyi 1259 m. Qirg‘oklari qoyali, tik. Mamlakat iqlimi tropik iqlim, passatli iqlim bo‘ladi. O‘rtacha oylik temperatura 22°C dan past bo‘lmaydi. Yiliga 1000 mm gacha, shamolga ro‘para yon bag‘irlarda esa 2500 mm gacha yog‘in yog‘adi. Orollar sernam tropik o‘rmonlar va butazorli savannalar bilan qoplangan. Kokos palmasi, paxta, banan, kofe plantatsiyalari bor. Baliq, marvarid va dengiz toshbaqasi ovlanadi. Turizm rivojlangan. Markiz orollarini 1595-yilda ispan dengizchi- sayyohi A. Mendanyade-Neyra tadqiq etgan va Peru vitse qiroli markiz Mendosa sharafiga shunday atagan. Maʼmuriy markazi-Taioxaz shahri hisoblanadi.Taioxaz shahri-dunyoda turizm rivojlangan port,balki Okeaniyadagi eng katta orollardan biri hisoblanadi.2018-yilda Fransiyaning "o‘z-o‘zini boshqaruvchi davlat" maqomini olgan.Unga ko‘ra,Markiz orollarini Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tomonidan tayinlangan general-gubernator boshqaradi va Fransiya Markiz orollarini tashqi ta‘sirlardan himoya qiladi.Markiz orollari tabiati go‘zal va maftunkor hisoblanadi.Orol Tinch okeanida turizm salohiyati o‘ta rivojlangan orollaridan hisoblanadi.Markiz orollarida sayyohlik rivojlangan.

Tabiati



Markiz orollari-Tinch okeanidagi eng sernam sernam orol bo‘lib, eng baland nuqtasi sharqda joylashgan.Orol tabiati xil-xilligi hududning o‘ziga xos chiroyli va hayvonot dunyosi hisoblanadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz