Markaziy Yakutiya pasttekisligi




Markaziy Yakutiya (Vilyuy) pasttekisligi - Lena daryosining oʻrta va quyi, shuningdek, Vilyuy va Aldan daryolarining quyi oqimlaridagi tekislik. Kenglik boʻylab 550 km ga choʻzilgan. Balandligi 2000–4000 m. Yer yuzasi lyossimon, qumoq va qumlardan tuzilgan. Koʻp yillik muzlab yotgan jinslar, botqoqlik va termokarst koʻllari koʻp. Iklimi keskin konti-nental. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi — 45°, mutlaq minimum — 63°, iyulning oʻrtacha temperaturasi 17°, mutlaq maksimum 39°. Yiliga 300 mm yogʻin tushadi. Yillik oʻrtacha temperatura — 9°, —12° boʻlganidan abadiy muzlab yotgan yerlari bor (zamini 200–300 m chuqurlikkacha muzlab yotadi), yezda ustki qismigina eriydi va shu joylarda dehqonchilik qilish mumkin. Tuproqlari kam podzollashgan karbonatli, podzolli-gleyli, torfli-gleyli va oʻtloqi allyuvial tuproklar. Daraxtlardan, asosan, dauriya tilogʻochi, qaragʻay, qayin, togʻterak oʻsadi. Olmos, kumir, gaz, neft konlari bor.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz