Markaziy Razvedka Boshqarmasi (CI)




Markaziy razvedka boshqarmasi ( CIA  ; /ˌsiː.aɪˈeɪ/), norasmiy holda Agentlik va tarixan Kompaniya sifatida tanilgan boʻlib, AQSh federal hukumatining fuqarolik tashqi razvedka xizmati hisoblanadi. U tashkilotga rasmiy ravishda butun dunyo boʻylab milliy xavfsizlik maʼlumotlarini toʻplash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish, birinchi navbatda esa, inson razvedkasi (ya'ni HUMINT) yordamida va Operatsion direksiyasi orqali yashirin harakarlarni amalga oshirish kabi vazifalar yuklangan. Amerika Qoʻshma Shtatlari Razvedka Jamiyatining (IC – intelligence community) asosiy aʼzosi sifatida Markaziy razvedka boshqarmasi Milliy razvedka direktoriga va birinchi navbatda Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi uchun razvedka maʼlumotlarini taqdim etadi. Ikkinchi Jahon urushi oxirida Strategik Xizmatlar Ofisi (OSS) tarqatib yuborilgandan keyin, prezident Garri S. Truman 1946-yilning 22-yanvardagi prezident koʻrsatmasi bilan Markaziy razvedka direktori rahbarligida Markaziy razvedka guruhini tuzildi va bu guruh 1947-yildagi Milliy xavfsizlik toʻgʻrisidagi qonunni amalga oshirish orqali Markaziy razvedka boshqarmasiga aylantirildi.

Ichki xavfsizlik xizmati boʻlgan Federal Qidiruv Byurosidan (FQB) farqli ravishda, Markaziy Razvedka boshqarmasi huquqni muhofaza qilish funktsiyasiga ega emas va asosan boshqa mamlakatlardan razvedka maʼlumotlarini yig'ish bilan shug'ullanadi va mahalliy razvedka ma'lumotlarini yig'ish cheklangan miqdorda bo'ladi. Markaziy razvedka boshqarmasi HUMINT (Inson razvedkasi) ning milliy boshqaruvchisi boʻlib, Razvedka jamiyati orqali faoliyatlarini muvofiqlashtiradi. Boshqarma shuningdek, Prezidentning buyrugʻi bilan yashirin operatsiyalarni ham amalga oshiradi. Maxsus Xizmatlar Markazi kabi harbiylashtirilgan operatsion boʻlinmalari orqali MRB tashqi siyosiy taʼsir koʻrsata oladi. Markaziy Razvedka Boshqarmasi koʻplab mamlakatlarda shu jumladan,Germaniyadagi BND kabi razvedka xizmatlarini tashkil etishda muhim rol oʻynagan. Shuningdek, boshqarma bir qancha xorijiy siyosiy guruhlar va hukumatlarga rejalashtirish, muvofiqlashtirish, turli treninglar va shuningdek, texnik yordam ham koʻrsatdi. U koʻplab hukumatlarni oʻzgartirilishida, boshqa mamlakat rahbarlarini oʻldirilishi va terrorchilik hujumlarini amalga oshirishda ishtirok etgan.

2004-yildan beri, Markaziy Razvedka Boshqarmasi Milliy razvedka direktorlik idorasi (ODNI) qoshida tashkil etilgan edi. Oʻz vakolatlarining bir qismini Milliy razvedka direktorlik idorasi (DNI) ga oʻtkazganiga qaramasdan, Markaziy razvedka boshqarmasi 11-sentyabr hujumlariga javob tariqasida oʻz hajmini oshirdi. 2013-yilda The Washington Post gazetasining bergan xabariga ko'ra, 2010-moliya yilida Markaziy razvedka boshqarmasi barcha Razvedka jamiyati agentliklari orasida eng katta byudjetga ega bo'lgan.

Markaziy razvedka boshqarmasining roli va yashirin harbiylashtirilgan operatsiyalari ko'lami ham keskin darajada kengaytirildi. Uning eng yirik boʻlinmalaridan biri – Axborot operatsiyalari markazi bo'lib, u rasman diqqat etiborini terrorizmga qarshi kurashdan hujumkor kiberoperatsiyalarga oʻtkazgan.

Agentlik koʻplab bahs-munozaralarga sabab boʻlgan va ularga inson huquqlarining buzilishi, uy-telefonlaridagi suhbatlarni tinglash, notoʼgʻri tashviqot ishlarini olib borish va giyohvand moddalar savdosi kabilar kiradi.

Maqsadi



Markaziy razvedka boshqarmasi tashkil etilganda, uning asosiy maqsadi tashqi siyosiy razvedka va tahlillash uchun kliring markazini yaratish boʻlgan. Bugungi kunda boshqarmaning asosiy maqsadi xorijiy razvedka maʼlumotlarini toʻplash, tahlil qilish, baholash, tarqatish va yashirin operatsiyalarni amalga oshirish hisoblanadi.

2013-yilgi moliyaviy byudjetga koʻra, Markaziy razvedka boshqarmasi beshta ustuvor yoʻnalishga ega va ular:

Tashkiliy tuzilma




MRB ning ijroiya idorasi va beshta asosiy boshqarmasi mavjud:

Manbalar




Qoʻshimcha adabiyotlar




Tashqi havolalar




Eslatmalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz