Markaziy Polineziya Sporada orollari




Layn, Markaziy Polineziya Sporada orollari — Tinch okeanning ekvatorial qismidagi arxipelag, Polineziyada. Kiribati davlati tarkibida. Eng yirik atollari — Rojdestvo, Tabuaegran, Teraina. Maydoni 500 km² chamasida. Laynda eng ko‘p tarqalgan o‘simlik — kokos palmasi. Orollarda kopra olinadi, non daraxti o‘stiriladi, baliq ovlanadi. Layn orollarini 1777-yil ingliz dengizchisi sayyohi J.Kuk kashf etgan.Shimolda Kingmen Rifi(AQSh),Palmira atolli(AQSh),g‘arbdan Molden oroli,Starbak oroli,Jarvis oroli,janubdan Vostok oroli,Flint oroli,janubi-sharqdan Karolayn atolli va uzoqda Markiz orollari bilan o‘ralgan.To‘liq nomlanishi Layn orollari(Markaziy Polineziya Sporadalari) deb nomlanadi.
Evkator chizig‘ini kesib o‘tadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz