Markaziy osiyo temir yo'li
Markaziy Osiyo temir yoʻlining qurilishi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyo xonliklarini zabt etdi.Endi imperialistlar Markaziy Osiyoni metropolga qaram qilishga harakatni boshladilar.
Turkiston xalqlari totalitar mustamlaka rejimiga boʻysunmasdan, muqarrar ravishda milliy ozodlik harakatlarini boshlaydilar. Bu davrda mavjud kuchlarni Turkistonning kerakli joyiga zudlik bilan yetkazib berish va ularni oʻq-dorilar, kiyim-kechak, harbiy zaxiralar bilan taʼminlash muammolariga duch keldi. Shuning uchun birinchi navbatda harbiy maqsadlar belgilandi.
1898-yilda Marv-Kushka shoxi qurildi, bir yildan soʻng Fargʻona vodiysi va Toshkent ham temir yoʻl orqali bogʻlandi. 1900-yilda Toshkent-Orenburg temir yoʻlining qurilishi boshlandi, 1906-yilda qurib bitkazildi. Natijada, Toshkentdan Orenburgga 2 kun, Moskvaga esa 4 kun ichida etib borish mumkin edi. 1915-yilda Buxoro-qarshi va Termiz-qarshi temir yoʻli, Shahrisabz-kitob qurildi va transport yoʻlga qoʻyildi. Shunday qilib, Chor Rossiya Markaziy Osiyo shaharlari va barcha strategik yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl qurilishini yakunladi.
Sovet hukumati davrida Oʻrtaosiyo temir yoʻllari Uzbek SSR, Turkman SSR, Tojik SSR, qisman Qirgʻiz SSR temir yoʻllari tarmoqlarini birlashtirar edi. Temir yoʻl boshqarmasi Toshkentda joylashgan edi.
Oʻtgan asrning 20-yillarida va undan keyinroq Oʻrta Osiyo temir yoʻllarida qayta qurish ishlari olib borildi.Yangi liniyalar qurildi: Amudaryo-Termiz (1925), termiz-Jarqoʻrgʻon va Farg;ona-Qizil-Qiya (1926), Andijon-Tentyoqsoy (1927), Jarqoʻrgʻon-Dushanbe, Dushanbe-Yangi-Bozor, Asaka-Shahrixon, Qorasu-Oʻsh, Jalolobod-Koʻk-Yongʻoq (1928-1932-yillar), Konibodom-Shoʻrob (1933), Uchqoʻrgʻon-Toshkoʻmir (1935).
Ikkinchi Jahon urushi yillarida temir yoʻl Oʻrta Osiyoni Kavkaz va SSSR markazi bilan aloqani taʼminlar edi. Uning oʻtkazuvchanlik salohiyatini sezilarli darajada oshirish, joylarda noyob materiallar va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish choralari koʻrildi. Qisqa muddat ichida Toshkent-Angren (1941-1945) va Amudaryo-Dushanbe liniyalarida 9ta choʻyan quyish va 3 ta poʻlar quyish sexlari qurildi.
Urushdan keyingi yillarda hozirgi Oʻzbekiston hududida yangi temir yoʻl uchastkalari qurildi: Salar-Barraj (1947), Charjou-Qoʻngʻirot (1957), Navoiy-Uchquduq va Jizzax-Sirdaryo (hozirgi Mahnat) (1962), Keles-Oʻzbekiston (1966), Barraj-Hojikent (1967), Superfosfat (hozirgi Maroqand)- Qashqadaryo (1970), Termiz-Qoʻrgʻon-Tobe (1974), Naymankoʻl-Nukus (1975), Nukus-Chimboy (1980).
1963-yildan beri Kavkazorti temir yoʻli bilan bogʻlaydigan parom kechuvi faoliyat olib bormoqda, bu yuklarni vagonlardan tushirmasdan yetkazish imkonini beradi.
Qoʻngʻirot Beyneu (408 km) muhim temir yoʻl liniyasi hisoblanadi, uning 1972-yilda ishga tushirilishi natijasida Oʻrta Osiyo SSSRning ovropa qismiga chiqish imkonini oldi. Bu liniyaning ekspluatatsiya qilish tajribasi uning muhim ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatdi. 1990-yilda 1 mlrd tonna yuk va 1.3 mln yoʻlovchilar bu yoʻl orqali tashildi. 1982-yilda Termiz shahri tumanida Amudaryo orqali birlashtirilgan avtomobil-temir yoʻl koʻprigi ishga tushirildi, bu oʻz oʻrnida Afgʻoniston bilan transport-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga yordam berdi.
1931-yilda Oʻrtaosiyo temir yoʻlida Ashhobod-Dushak va Ashhobod-Bami uchastkasida jahon tajribasida ilk bor teplovoz orqali tortatigan muntazam yoʻlovchi va yuk tashish boshlandi. 1974-yilda yoʻl SSSR temir yoʻl tarmogʻida birinchi boʻlib teplovoz orqali tortishga butunlay oʻtib ketdi.
1933-yilda vagon xizmati va vagon uchastkalari tashkil qilindi, 1935-yilda Ashhobod, Charjou, qarshi, Termiz, Hovost stantsiyalarida vagon taʼmirlash punktlari va Kogon, Qoʻqon va Samarqand stantsiyalarida vagon depolari qurildi. Vagonlarni Ishlab chiqarish- taʼmirlash texnikaviy bazasini takomillashtirish boshlandi. 1980-yillar ohiriga kelib temir yoʻlda zarur texnik uskunalar, texnologik uskunalar va mexanizmlar bilan jihozlangan 16 ta vagon deposi faoliyat olib borar edi.
Toʻqimachi, Andijon, Ashhobod stantsiyalarida yoʻlovchi vagonlarni taʼmirlash-taʼminlash punktlari, 16 ta yarimvagon va plarformalarni tayyorlash punktlari, 13 ta yopiq va izotermik vagonlarni kompleks tayyorlash punktlari, 5 ta yuvish-bugʻlash stantsiyalari va muzlatgich boʻlimlarini taʼminlash punktlari tashkil etildi. Sirdaryo stantsiyasida muzlatgich boʻlimlarni taʼmirlaydigan muzlatgich deposi qurildi. Temir yoʻlda 18 ta asosiy lokomotiv depolari faoliyat olib borar edilar, ularda lokomotivlarning barcha turdagi texnik mxizmat va joriy taʼmirlash ishlari olib borilardi.
Yoʻlning deyarli asosiy yerlarida qum va shagʻal ballasti shebenga oʻzgartirildi. Asosiy yoʻlning butun uzunligi boʻylab ogʻir turdagi strelka oʻtkazgichlar, P50 va P65 termik ishlov berilgan relslar qoʻyilgan. Qumadan himoya qilish inshootlarining umumiy uzunligi 2660 km (barcha yoʻllarning 40 % dan oʻrtiq) ni tashkil etardi.
1971-yilda Toshkent temir yoʻl uzelining shahar cheti liniyalarini doimiy tok asosida elektrlashtirish boshlandi, 1990-yildan esa yuk va yoʻlovchi tashishlar oʻzgaruvchan tokli elektrovozlarda amalga oshirilmoqda. Chenkeldi-Keles-Toshkent yoʻlovchi-Hovost, Keles-Dalaguzor, Toshkent temir yoʻl uzeli(Toʻqimacho-Xamza-Toshkent-tovarniy) uchastkalri elektrlashtirildi. Oʻzgaruvchan tok asosida 267 km va doimiy tok asosida 67 km temir yoʻli elektrlashtirildi. VL60, VL80 rusumli elektrovozlar , ER9E rusumli elektropoezdlari ekspluatatsiya qilindi.
Mustaqillik yillari davomida o'zbekistonda yangi poʻlat izlarni (magistral) shakllantirish boʻyicha ulkan ishlar qilindi. Qizilqum choʻllarida Navoiy-Uchquduq-Sultonuvaystogʻ-Nukus temir yoʻllari qurildi, Amudaryo orqali temir yoʻl-avtomobil qoʻshma koʻprigi barpo etildi, murakkab togʻ sharoitida Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon temir yoʻli qurildi.
Mavjud boʻlgan temir yoʻl tarmogʻini modernizatsiyalashga ham muhim ahamiyat berilmoqda. Osiyo tarraqiyot bankining jalb qilingan mablagʻlari evaziga 2 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirildi va Toshkent-Samarqand-Buxoro uchastkasida yoʻllar qayta tiklandi, Keles-Buxoro uchastkasida 600 km dan ortiq boʻlgan uzunlikdagi optik tolali aloqa liniyalarini yotqizish yakunlandi. Toʻqimachi-Angren temir yoʻl liniyasini elektrlashtirish ishlari yakunlandi. Yangi Yangiyer-Jizzax va Yangiyer-Farhod temir yoʻl liniyalarini qurish ishlari yakunlandi.
„ Oʻzbekiston temir yoʻllari“ DATK Oʻzbekiston respublikasi hududida joylashgan sobiq Oʻrta Osiyo temir yoʻllari bazasida 1994-yil 7-noyabrda tashkil topgan.
Markaziy Osiyo hududida Toshkentdan Samarqandgacha ilk tezyurar yoʻlovchi harakatni tashkil qilish maqsadida 2008-yil „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ va „Talgo“ (Ispaniya) kompaniyasi oʻrtasida 2 ta tezyurar yoʻlovchi elektropoezdlarni sotib olish toʻgʻrisida bitim imzolandi.
2011-yil 8-oktabrdan „Afrosiyob“ (Ispaniyaning „Talgo“ kompaniyasi tomonidan islab chiqarilgan) yuqori tezlikda xarakatlanadigan poezdi Toshkent-Samarqand-Toshkent 161/162 sonli yoʻnalishga ishga tushirildi.
Yangi tezyurar poezd bu marshrut orqali xizmat koʻrsatadigan boshqa elektr poezdlar bilan birga, Toshkent va Samarqand shaharlari oʻrtasida harakat qiladi. Yuqori tezlikdagi „Afrosiyob“ poezdi ikki soat va oʻn besh daqiqa ichida 344 km temir yoʻl masofasini bosib oʻtadi. Maksimal tezligi soatiga 250 kilometrni tashkil etadi.
• „Afrosiyob“ tarkibiga 2 ta lokomotiv va 9 ta qulay vagonlar kiradi:
• 2 VIP klass vagon (vagonda 11 oʻrin);
• 2 Biznes klass (vagonda 26 oʻrin);
• 4 ekonom klass (vagonda 36 oʻrin);
• 1 vagon-bistro
Poezdga zamonaviy koʻrinishni, avvalo, uning aerodinamik, taʼsir bosim toʻlqinlar va yon shamollar uchun optimallashtirgan dizayni beradi. Elektro poezd uzunligi 157 m ni, balandligi 4 m ni tashkil qiladi. Barcha salonlari yumshoq, qulay yonboshlaydigan oʻrindiqlar va oʻrnatilgan stol, shuningdek video koʻrish uchun monitor bilan jihozlangan. Poezdning barcha hududlari chekmaydiganlar hududi hisoblanadi.
Vagonlarning barcha salonlari kiyim uchun ilgichlar va katta yuk saqlash uchun joy, shuningdek anʼanaviy yuk javonlari bilan jihozlangan. Vagonda nogiron insonlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan, uchinchi vagonda nogironlar aravachasini joylashtirish uchun temir yoʻl xodimini chaqirish tugmasi oʻrnatilgan maxsus tutqichli joylar ham mavjud. Poezd hududida pollarning bir xil balandlikda boʻlganligi nogironlar aravachasini tashishga yordam beradi.
Oʻzbekiston temir yoʻllarini doimiy tok asosida elektrlashtirish 1971-yilda boshlangan. Soʻnggi loyihalardan biri Toʻqimachi-Angren temir yoʻl uchastkasini elektrlashtirish edi, bu 2010-yilda amalga oshirildi. Koʻrsatilgan temir yoʻl uchastkasini ishga tushirish hisobiga elektrlashtirilgan uchastkalar uzunligi 1601 km ga yetdi.
Loyihaning maqsadi bu uchastkada mavjud boʻlgan dizel tortishni oʻzgaruvchan tokli elektr tortishga oʻzgartirish edi, bu Toshkent hududida barcha temir yoʻl liniyalarini zamonaviy texnologiyalarga oʻtishni yakunlashga olib keladi.
Loyihaning maqsadi bu uchastkada mavjud boʻlgan dizel tortishni oʻzgaruvchan tokli elektr tortishga oʻzgartirish edi, bu Toshkent hududida barcha temir yoʻl liniyalarini zamonaviy texnologiyalarga oʻtishni yakunlashga olib keladi.
Butun uchastka boʻylab yangi texnologiyalar — SCADA masofadan boshqarish tizimi, aloqa tizimi, tortish podstansiyalari, mikroprotsessor markazlashtirish tizimi, oʻq va telekommunikatsiya electron hisoblash tizimlari joriy qilingan. Elektr taʼminot tizimi poezdlarning soatiga 160 km gacha tezlik bilan harakatlanishini hisobga olgan holda qurilgan.
Qurilish paytida umumiy uzunligi 265 m boʻlgan 3 ta koʻprik, 2258 ta elektr minoralar, elektr podstansiyalar, poezdlar harakat xavfsizligini taʼminlovchi zamonaviy uskunalar va nazorat asboblar bilan jihozlangan navbatchi punktlari va markazlashtirilgan elektrtaʼminot postlari uchun 6 ta bino va inshootlar barpo etildi.
Hozirgi vaqtda Maroqand-Qarshi, Qarshi-Termiz temir yoʻl uchastkalarini elektrlashtirish, yangi eletrlashtirilgan Angren-Pop liniyasini qurish investitsion loyihalari amalga oshirildi.
2016-yilning 22-iyunda Oʻzbekiston va Xitoy hamkorligining yirik va istiqbolli loyihasi ijrosi — Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yoʻli hamda Qamchiq tunnelining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yoʻli hamda Qamchiq tunnelining rasmiy ochilish marosimining eng muhim ahamiyatga ega tomonlaridan biri, ushbu marosimda Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ishtirok etgani boʻldi. Jahonga mashhur ikki davlat rahbarlari „Oʻzbekiston“ yoʻlovchi poezdining Qamchiq tunnelidan oʻtishiga ruxsat beruvchi semaforni yoqish uchun maxsus tugmani bosganliklarini butun dunyo kuzatib turdi.
Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yoʻl liniyasini barpo etishdan maqsad ham nafaqat Fargʻona vodiysi viloyatlari va mamlakatimizning boshqa hududlari oʻrtasida temir yoʻl orqali yuk va yoʻlovchi tashish imkoniyatini yaratish, shu bilan birga, Xitoy — Markaziy Osiyo — Evropa yangi xalqaro tranzit temir yoʻl koridorining eng muhim boʻgʻini boʻlishi nazarda tutilgan edi. Uzunligi 123,1 kilometr boʻlgan Angren-Pop temir yoʻlining Qamchiq dovonidan oʻtgan qismida 19,2 kilometrlik tunnel barpo etildi. Ushbu qurilish jarayonlari davomida oʻzbekistonlik temiryoʻlchilarning salohiyatiga xitoylik mutaxassislar qoyil qolishdi, xitoyliklarning mahoratiga oʻzbekistonliklar tasannolar aytishdi. Katta mehnat gʻalabasiga har ikki tomonning yuksak mehnati, hamjihatligi tufayli muddatidan avval erishildi.
2017-yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi davomida Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi. Aynan ana shu anjumanda Davlatimiz rahbari Xitoyning „China Railway Tunnel Group“ kompaniyasiga Angren-Pop temir yoʻlining Qamchiq dovoni qurilishining muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi uchun alohida minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, mazkur tashrif doirasida koʻplab sohalar, xususan, transport va kommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish borasida „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ aksiyadorlik jamiyati bilan XXRning etakchi quruvchi kompaniyalari oʻrtasida samarali kelishuvlarga erishildi.
Bugungi kunda ushbu temir yoʻl orqali Toshkent — Andijon — Toshkent yoʻnalishida har kuni zamonaviy tezyurar yoʻlovchi poezdlari aholiga xizmat koʻrsatmoqda. Andijon — Buxoro — Andijon yoʻnalishida haftasiga ikkita yoʻlovchi poezdi, haftada bir marotaba Andijon — Urganch — Andijon, Andijon — Moskva — Andijon yoʻnalishlarida yoʻlovchi poezdlari qatnovi tashkil etildi. Bundan tashqari, bir sutkada oʻnlab yuk poezdi Angren — Pop elektrlashtirilgan temir yoʻli orqali oʻtib, yuklarni oʻz manziliga etkazmoqda.
Xususan, mazkur temir yoʻl orqali, bir yil davomida 413 ming 162 nafardan ortiq yoʻlovchiga xizmat koʻrsatild, 7395,6 ming tonna yuk tashildi. Shuningdek, 1718 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Jamiyat lokomotiv parklarini, yoʻlovchi va yuk vagonlarini yangilash boʻyicha bir qator loyihalarni amalga oshirish muhim masalardan biridir. „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ korxonalarida yoʻlovchi va yuk vagonlarini seriyali ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. Bu, hususan, havoni sovitish moslamasi bilan johozlangan kupeli vagonlar, yuk vagonlarining eng katta talabga turlari — yopiq, neft mahsulotlari uchun sisternalar, yarimvagonlar va boshqalar.
Bundan tashqari, temir yoʻl infratuzilmasi va harakatlanuvchi tarkib uchun ehtiyot qism, uzel va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va import oʻrnini bosishni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda.
['https://yandex.ru/images/search?p=5&text=o%27rta+osiyo+temir+yo%27llari&pos=201&rpt=simage&img_url=https%3A%2F%2Fparovoz.com%2Fmaps%2Futi-newline.jpg&from=tabbar&lr=10335\ rasm]
Adabiyot:
1. Rahimov J. Oʻzbekiston tarixi (XIX acp ikkinchi yarmidan XX asr boshlarida). — Toshkent: Oʻtuvchi, 2000.
3. Safarov T. XIX asrning ikkinchi yarmi-XX asr boshlarida Oʻrta Osiyo savdo yoʻllari. Tarix fan. nomz. diss. aftoref. — Toshkent: 2009.
5. Migulin P. P. bizning temir yoʻl siyosati va temir yoʻl kreditlari (1893-1902) — Xarkov, 1902. 6. Ahmadjonova Z. K. Markaziy Osiyo va Qozogʻistonda temir yoʻl qurilishi. — Toshkent: Fan, 1984.
6. Railway.uz web sahifa\
uz.wikipedia.org