Markaziy Osiyo mitropolit okrugi
Markaziy Osiyo mitropolit Okrugi — rus pravoslav cherkovining Markaziy Osiyodagi kanonik boʻlinmasi. Toshkent, Bishkek va Dushanbe yeparxiyalarini, shuningdek Turkmanistondagi Rus pravoslav cherkovining patriarxal cherkovlarini birlashtiradi.
Tarixi
Toshkent yeparxiyasi boʻlingandan keyin Muqaddas Sinodning 2011-yil 27-iyuldagi qarori bilan tuzilgan.
Oʻrta Osiyo mitropolit okrugi boshligʻi, Toshkent va Oʻzbekiston yepiskopi Markaziy Osiyo mitropoliti unvoniga ega. Okrug tashkil etilgandan keyin Toshkent va Oʻzbekistonning yepiskopi mitropolit Vikentiy (Morar) boʻlgan..
2011-yil 5-oktabrda Muqaddas Sinod Rossiya pravoslav cherkovi Muqaddas Sinodining doimiy aʼzolari qatoriga Markaziy Osiyo mitropoliti, Markaziy Osiyo mitropolit okrugi boshligʻini kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan..
2012-yil 29-mart kuni Markaziy Osiyo Mitropolit okrugi Sinodining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtgan, unda Turkmaniston Patriarxal dekanligi rahbari yepiskop Feofilakt (Kuryanov) ham ishtirok etgan. Yigʻilishda Oʻrta Osiyo mitropolit okrugining Ustavi va uni roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq muammolar muhokama qilingan, ta’lim va katexiziya boʻlimlari, yoshlar xizmati hamda ziyorat faoliyatini tashkil etish boʻlimlari tuzilgan.
2013-yil 24-avgustda Markaziy Osiyo mitropolit okrugi Sinodining qarori bilan 8-sentabrni Markaziy Osiyo mitropolit okrugi kunini nishonlash sanasini belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Mitropolit okrugi sinodi
Rais:
A’zolari:
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org