Markaziy Litva gerbi




Markaziy Litva gerbi  — Markaziy Litva Respublikasining gerbi boʻlib xizmat qiluvchi ramz. U 1920-yil 12-oktabrda tashkil etilgan va 1922-yil 18-aprelgacha, davlat oʻz faoliyatini toʻxtatgunga qadar amalda boʻlgan.

Dizayni



Gerbda rasmiy ravishda burgut va Pahonia (ot ustidagi ritsar) tasvirlangan. Oʻng tomonda toj kiygan kumush (oq) burgut, chap tomonda esa kumush (oq) Pahonia; sakrayotga ot ustida oʻng qoʻlida qilich, chap qoʻlida esa Lotaringiya xochi tasvirangan qalqon tutgan ritsardan iborat. Ikkala tasvir ham kumush (oq) qirrali qizil fon ichiga joylashtirilgan. Uning dizayni 1831-yil noyabr qoʻzgʻoloni chogʻida Polsha milliy hukumati tomonidan qoʻllanilgan gerbga taalluqli edi.

Tarixi



Gerb davlat ramzi sifatida 1920-yil 12-noyabrda Markaziy Litva armiyasi boshligʻining 1-sonli farmonida qabul qilingan. 1922-yil 18-aprelda Markaziy Litva Respublikasi Polsha tarkibiga kiritilganidan keyin gerbdan foydalanish toʻxtatilgan.

Galereya




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz