Markaziy Buxoro kollektori




Markaziy Buxoro kollektori — Buxoro viloyatida qurilgan yirik gidrotexnika inshooti. Zarafshon daryosi (Qorakoʻldaryo)ning Duob gidrouzelidan Mohankoʻl kollektorigacha boʻlgan oʻzanini chuqurlashtirib, kengaytirib, 1971-yilda qurib bitkazilgan. Uz. 51 km. Kollektorga Buxoro, Jondor, Vobkent va Romitan tumanlari hududidagi kollektor-drenaj tarmoqlarida yigʻiladigan suvlar tashlanadi. Kollektorning umumiy suv yigʻish maydoni 64,6 ming ga. Suv oʻtkazish imkoniyati 40 m³/s. M.Markaziy Buxoro kollektori Mohankoʻl kollektoriga tugashtirilgan va suvi Mohankoʻlga quyiladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz