Mark-Anthony Kaye
Mark-Anthony Kaye ( talaffuzi: Mark-Entoni Kaye) — Kanadalik professional futbolchi boʻlib, Oliy Liga futbol klubi Toronto FC va Kanada terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Yoshligi
Kaye Kanadadaning Ontario shahrida tugʻilgan va birinchi marta Skarborodagi Wexford SC futbol klubida oʻynashni boshlagan. Keyinchalik u Ayaks SC jamoasiga oʻtgan, 2009-yilda viloyat chempionligini qoʻlga kiritgan. U Lawrence Park Collegiate Institutidagi oʻrta maktabda oʻqigan.
Universitetdagi faoliyati
Kaye 2012- va 2013-yillar oraligʻida York universitetida ikki yil universitet futbolida oʻynagan. Universitetdagi faoliyati davomida u 29 uchrashuvda maydonga tushib, 18 gol urgan.
Klub faoliyati
Kaye Yorkni tark etadi va 2013-yilda Major League Soccer ning Toronto FC akademiyasi boʻlgan TFC Academyga qoʻshildi. 2014-yilda u Ontario 1-ligasida katta akademiyasi jamoasi bilan toʻqqizta oʻyinda maydonga tushdi va bitta gol urdi. Kaye USL Proning Wilmington Hammerheads jamoasiga TFC akademiyasidan 2014-yil avgust oyida ijara asosida qoʻshildi. U professional debyutini 2014-yil 23-avgust kuni Oranj Kaunti Blyuz FKga qarshi liga oʻyinida oʻtkazdi. Ertasi kuni Kaye oʻzining birinchi professional golini va golli uzatmasini amalga oshirdi, chunki Uilmington LA Galaxy II bilan 3:3 hisobida durang oʻynagandi. Hammasi boʻlib Kay 7 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Toronto FC II
2015-yilning 12-martida Kaye va yana yetti nafar futbolchi USL jamoasi Toronto FC II bilan ilk mavsum oldidan shartnoma imzoladilar. U 21-mart kuni „Charleston Battery“ga qarshi debyut qildi va 22 ta oʻyinda golsiz maydonga tushdi.
Los Ageles FC
Louisvildagi ikki mavsumdan soʻng, Kaye oʻzining ilk mavsumi uchun MLS jamoasi Los-Anjeles FCga oʻtkaziladi. U LAFCdagi debyutini 2018-yilgi mavsumning ochilishida Sietl Saundersga qarshi oʻtkazadi. 2018-yilning 26-iyulida Kaye Los Angeles Gelaksisiga qarshi El Tráfico raqobat oʻyinida oyogʻini sindirib oldi, murabbiy Bob Bredli unga jarrohlik amaliyoti kerakligini aytdi, LAFC esa uning qaytish vaqtini belgilamadi. NBC Sports xabariga koʻra, jarohat futbolchini „4-6 oy“ga safdan chiqarishi mumkin boʻlgan.
Xalqaro martabasi
Yoshlar
2016-yilning may oyida Kaye Gayana va Grenadaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga Kanada U23 terma jamoasiga chaqirildi. Kaye ikkala uchrashuvda ham oʻzini koʻrsaata oldi. 2017-yilning mart oyida Kaye mezbon Qatar va Oʻzbekiston terma jamoalari ishtirok etgan „Aspire“ turniriga yana U23 terma jamoasiga chaqirilgan.
Kattalar
Kaye 2017-yil 13-iyun kuni Kyurasaoga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida kattalar jamoasi safida debyut qilgan. 27-iyun kuni u 2017-yilgi KONKAKAF Oltin Kubogi uchun Kanada terma jamoasiga kiritildi. U 2019-yil 20-may kuni KONKAKAF Oltin Kubogi-2019 uchun terma jamoaga kiritilgan. Kaye Kanadadagi ilk gollarini 2021-yil 29-mart kuni Kayman orollari ustidan 11:0 hisobida gʻalaba qozonib, dubl qayd etdi.
Oʻyin uslubi
Luisvilldagi faoliyati davomida Kaye „hujumkor yarim himoyachi va vinger“ sifatida oʻynagan, biroq MLSga koʻtarilganidan soʻng u „boks-to-boks“ markaziy yarim himoyachi oʻnini oʻz zimmasiga oldi. Toronto FC II bilan oʻynagan vaqtida Kaye tez-tez chap qanot himoyasichisi boʻlib oʻynagan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro faoliyati
Manbalar
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
uz.wikipedia.org