Mark Oxley




Mark Thomas Oxley (talaffuzi: Mark Tomas Oksli) (1990-yil 28-sentyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Mark Oxley „Harrogate Town“ futbol klubida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Mark Oxley professional faoliyatini 2007-yilda „Rotherham United“ futbol klubida boshlagan. Bir yildan keyin esa Mark Oxley „Hull City“ futbol klubi tarkibiga qoʻshilgan. Bu davrda („Hull City“ futbol klubi tarkibida) Mark Oxley „Walsall“, „Grimsby Town“, „Burton Albion“, „Oldham Athletic“ va „Hibernian“ futbol klublarida ijarada oʻynagan. 2015-yilda „Hull City“ futbol klubini tark etganidan soʻng, Mark Oxley „Hibernian“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan..Mark Oxley Angliyaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi safida toʻp surgan.

Klublardagi oʻyin faoliyati



Rotherham United



Mark Oxley yoshligida „Rotherham United“ futbol klubining yoshlar jamoasiga qoʻshilgan. 2007—2008-yilgi mavsumda Mark Oxley klubning asosiy jamoasiga tarkibiga kiritilgan.

Hull City



Mark Oxley 2008-yilning avgust oyida 150 000 funt sterling evaziga Angliya Premer-ligasi vakili „Hull City“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Mark Oxley Boaz Myhill, Mett Duke, Tony Warner va Tom Woodheaddan keyin klubning beshinchi darvozaboniga aylandi. 2009-yil oktyabr oyida Mark Oxley „Walsall“ futbol klubiga ijaraga yuborildi. 2010-yil 25-fevralda Mark Oxley „Grimsby Town“ futbol klubi bilan bir oylik ijara shartnomasini imzoladi va oʻsha mavsumda jamoadoshlari Nicky Featherstone va Jamie Devittdan keyin „Grimsby“ klubiga ijaraga berilgan uchinchi „Hull“ futbolchisiga aylandi.

2012-yil 26-oktabrda Mark Oxley „Burton Albion“ futbol klubi safiga bir oylik ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. Ammo tez orada Mark Oxley oʻyinlardan birida barmogʻini sindirib olganidan keyin „Hull“ klubi tarkibiga qaytishga majbur boʻldi. Mark Oxley 2013-yilning 11-iyunida „Hull“ klubi bilan yangi ikki yillik shartnoma imzoladi.

2013-yil iyul oyida „Oldham Athletic“ futbol klubi Mark Oxleyni bir mavsumga ijaraga oldi. Ammo Mark Oxley klubdan 2014-yilning 27-martida „Hull“ klubi tarkibiga qaytarib olindi. 2014—2015-yilgi mavsum oxirida Mark Oxley „Hull City“ futbol klubini tark etdi.

Hibernian



2014-yilning 28-iyulida Mark Oxley „Hibernian“ futbol klubi bilan olti oylik ijara shartnomasini imzoladi. Mark Oxley 2014-yilning 9-avgustida „Livingston“ futbol klubiga qarshi oʻyinda „Hibernian“ klubi safidagi ilk oʻyinida raqib darvozasiga gol urgan darvozabonga aylandi. 2014-yil oktyabr oyida „Hull City“ futbol klubining ikkita darvozaboni jarohat olganida, menejer Steve Bruce Mark Oxleyni „Hull“ klubiga chaqirib olishni taklif qilgandi, ammo xalqaro transfer qoidalari bunga yoʻl qoʻymadi. 2015-yilning yanvarida Mark Oxleyning klub bilan imzolagan shartnomasi 2014—2015-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirilishi tasdiqlandi.

2015-yilning iyun oyida Mark Oxley „Hull City“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Southend United



Mark Oxley 2016-yilning iyul oyida „Southend United“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

2017—2018-yilgi mavsumdagi bir qator ajoyib oʻyinlardan soʻng, Mark Oxley mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi. 2018-yil 4-iyunda Mark Oxley „Southend“ klubi bilan yangi uch yillik shartnoma imzoladi. 2018-yil 2-avgustda Mark Oxley jamoa sardori etib tayinlandi.

Harrogate Town



2021-yilning 1-iyulida Mark Oxley „Harrogate Town“ futbol klubi safiga qoʻshildi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati



Mark Oxley Angliyaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi safida xalqaro maydonda Angliya sharafini himoya qilgan.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz