Mark O'Hara




Mark OʻHara (talaffuzi: Mark O' Hara)) (1995-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Mark OʻHara „St Mirren“ futbol terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Mark OʻHara faoliyati davomida „Kilmarnock“, „Dundee“, „Peterborough United“, „Lincoln City“ va „Motherwell“ futbol klublarida oʻynagan.

Klublardagi oʻyin faoliyati



Kilmarnock



Mark OʻHara „Kilmarnock“ futbol klubi safida 2012-yil 28-avgustda ilk oʻyinini oʻtkazdi.

Dundee



Mark OʻHara 2016-yilning iyun oyida „Dundee“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. „Dundee“ futbol klubi bilan shartnoma imzolaganidan soʻng, Mark OʻHara bosh murabbiy Paul Hartley tomonidan hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasiga koʻchirildi. 2016-yilning 13-avgustida Mark OʻHara faoliyatidagi ilk golini „Dundee“ futbol klubining „Rangers“ klubiga qarshi uchrashuvida (2:1) kiritdi.

Peterborough United



Mark OʻHara 2018-yilning may oyida erkin shartnoma asosida „Peterborough United“ futbol klubiga oʻtdi. „Dundee“ futbol klubi esa Mark OʻHara uchun tovon puli oldi.

Mark OʻHara 2018—2019-yilgi mavsum oxirida „Peterborough United“ futbol klubining transfer roʻyxatiga kiritilgan.

2019-yil 2-sentyabrda Mark OʻHara 2019—2020-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun ijara asosida „Motherwell“ futbol klubi safiga qoʻshildi.

Motherwell



2020-yil 24-iyun kuni „Motherwell“ futbol klubi Mark OʻHara bilan „Peterborough United“ futbol klubidan nominal toʻlov evaziga doimiy shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.

St Mirren



2022-yil may oyida „Motherwell“ futbol klubi bilan shartnomasi tugaganidan soʻng, Mark OʻHara Shotlandiya Premer-ligasining boshqa jamoasi „St Mirren“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati



Mark OʻHara Shotlandiyaning 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoalari safida xalqaro oʻyinlarda Shotlandiya sharafini himoya qilgan.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz