Mark Menson
Mark Menson (1984-yil 9-martda tugʻilgan) — amerikalik muallifi va blogger. 2022-yil holatiga koʻra u toʻrtta kitob muallifi. Shulardan uchtasi, “Beparvolikning nozik sanʼati”, “ Hammasi rasvo: Umid haqida kitob” va “Will" The New York Times bestselleri hisoblanadi. Uning kitoblari 13 milliondan ortiq nusxada sotilgan.
Shaxsiy hayoti
Mark Menson AQSHning Ostin shahrida (Texas) katta boʻlgan. U oʻqish uchun Massachusets shtatining Boston shahriga koʻchib oʻtadi va 2007-yilda Boston universitetini tamomlagan. 2016-yilda Fernanda Neutega uylangan.
Bloglari
Manson 2008-yilda uchrashuvga chiqish boʻyicha maslahatlar haqidagi birinchi blogini boshlagan.
2010-yilda u erkaklar uchun umumiy hayotiy maslahatlar beradigan post masculine (hozirda oʻchirilgan) deb nomlangan yangi blogini ochadi. Menson oʻz blogini 2013-yilda markmanson.net saytiga koʻchiradi .
2015-yilda Menson oʻzining „Beparvolikning nozik sanʼati“ deb nomlangan ikkinchi kitobiga asoslangan maqola chop etadi.
Nashr tarixi
Mensonning birinchi kitobi “Models: Attract Women Through Honesty” 2011-yilda mustaqil ravishda nashr etilgan Ushbu kitob 2017-yilda Avstraliyada Pan Makmillan tomonidan qayta nashr etilgan
Uning ikkinchi kitobi “Beparvolikning nozik sanʼati” 2016-yilda chop etilgan U 2016-yil 2-oktabr haftasida New York Times Bestseller roʻyxatida “Qanday qilish kerak” va “Har xil” turkumlarida oltinchi oʻrinda paydo boʻldi. va 2017-yil 16-iyulda roʻyxatda birinchi oʻringa koʻtarildi. 2020-yilning may oyi holatiga koʻra, kitob 179 hafta davomida top 10 qatoriga kirdi va 12 million nusxadan ortiq sotilgan.
Mensonning uchinchi kitobi “ Hammasi rasvo: Umid haqida kitob ” HarperCollins tomonidan 2019-yilda chop etilgan U New York Times'ning maslahatlar boʻyicha bestsellerlar roʻyxatida birinchi oʻrinni egallagan.
2018-yil oktyabr oyida Penguin Random House Will Smithning avtobiografiyasini yozish uchun Menson bilan hamkorlik qilishini ma’lum qildi. Kitob 2021-yil noyabr oyida nashr etilgan.
2020-yil dekabr oyida Audible orqali Love Is Not Enough nomli audiokitob chiqardi.
Tanqidiy javob
Erica Rivera, Mandatory uchun yozgan, kitobdagi Manson obrazini „erkak bilan erkak suhbat kabi oʻtmas“ deb taʼriflaydi va Ketrin Pushkar buni „quruq va kulguli gaplar“ va uning falsafasi: „hayot murakkab, siz alohida tanlab olingan emassiz, baxt - bu quruq maqsad va shuning uchun arzirli narsaga eʼtiboringizni qaratishingiz kerak “ deb tanqid qilgan. York Daily News .
Manbalar
uz.wikipedia.org