Mark Kondratyuk
Mark Valeryevich Kondratyuk (ruscha: Марк Валерьевич Кондратюк; 2003-yil 3-sentyab, Podolsk, Moskva viloyati, Rossiya) — erkaklar oʻrtasidagi yakka holda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. Jamoaviy musobaqalarda Olimpiya chempioni (2022), Yevropa chempioni (2022), Rossiya chempioni (2022) va Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori (2021).
Mark Kondratyuk Rossiya sport ustasi (2021), Rossiya xalqaro sport ustasi (2021), Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi (2022) hamda"Doʻstlik" ordeni sohibi (2022).
2022-yil 10-fevral Xalqaro konkida uchish ittifoqi reytingida 18-oʻrinni egallagan.
Faoliyati
2019—2020-yilgi mavsum
Mark Kondratyuk noyabr oyida Turkiyada boʻlib oʻtgan Bosphorus Cup turnirida debyut qildi va oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2020-yil yanvar oyida Polshada boʻlib oʻtgan Mentor Toruń Cup turnirida kumush medalni qoʻlga kiritdi.
2020—2021-yilgi mavsum
Mark Kondratyuk 2020-yil sentyabr oyida kattalar oʻrtasidagi Rossiya kubogida ilk bor muz maydoniga tushdi.
Mark Kondratyuk 2020-yil dekabr oyida kattalar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida debyut qildi. Qisqa dastur boʻyicha 90,88 ball bilan uchinchi oʻrinni egalladi va erkin dastur boʻyicha 169,43 ball toʻpladi. U jami 260,31 ochko bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Kondratyuk 2021-yil fevral oyida Yevgeniya Medvedevaning „Vremya Pervix“ jamoasi tarkibida Birinchi kanal kubogi turnirida ishtirok etdi.
2021—2022-yilgi mavsum
Kondratyuk 2021-yil sentyabr oyida 241,06 ball bilan Oberstdorfda boʻlib oʻtgan Nebelhorn Trophy xalqaro turnirida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Figurali uchuvchining muvaffaqiyatli chiqishi tufayli Rossiya jamoasi Pekinda oʻtkazilgan 2002-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida erkaklar oʻrtasidagi yakkalik konkida uchish musobaqalarida uchinchi oʻrinni egalladi.
Mark Kondratyuk 2021-yil oktyabr oyida Denis Ten Memorial xalqaro figurali uchish turnirida 250,08 ball toʻplagan holda ikkinchi oʻrinni egalladi.
Mark 2022-yilgi Olimpiya oʻyinlarida jamoaviy musobaqalar tarkibida qatnashdi. Qisqa dastur natijalariga koʻra, u 95,81 ball bilan oraliq uchinchi oʻrinni egalladi va jamoaga 8 ochko keltirdi. Erkin dasturda yaponiyalik Yuma Kagiyamaga yutqazib, oraliq ikkinchi oʻrinni egalladi va jamoaga 9 ochko keltirdi. Natijada Mark jamoaviy musobaqalarda Olimpiya chempioni boʻldi.
Natijalari
Manbalar
uz.wikipedia.org