Mark Hoppus




Mark Allan Hoppus (15-mart, 1972) amerikalik musiqachi, produser va televoshlovchidir. U Blink-182 pop punk va +44 alternativ rok guruhlarining baschi va vokalchisidir. Ikkala guruhni tuzishda qatnashgan. Hoppus shuningdek Idiot Pilot, New Found Glory, The Matches va Motion City Soundtrack guruhlar uchun albomlar chiqarishda ishtirok etdi. 2010-yil 16-sentabridan Fuse TV kanalida Hoppus on Music haftalik shouni boshlab kelmoqda.

Kaliforniyaning Ridgecrest shahrida tavallud topgan Hoppus bolaligini u uchinchi sinfda oʻqiyotganida ajrashgan ota-onasining uylariga navbatma-navbat koʻchib oʻtkazdi. Skeytbord va punk rock musiqaga qiziqdi, oʻn besh yoshida ota unga bas gitara olib berdi. Singlisi Anne uni kursdoshi Tom DeLonge bilan tanishtirgunicha Hoppus turli guruhlarda gitara chalib yurdi. Hoppus va DeLonge keyin Blink-182 guruhiga asos solib, keng shuhratga erishishdi. Blink-182 2005-yili tarqalib, Hoppus Travis Barker bilan +44 guruhini tuzdi. 2009-yili Blink-182 qayta yigʻildi. Biroq Hoppus +44 loyihasini „tugadi“, deb hisoblamaydi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz