Mark Hateley
Mark Wayne Hateley (inglizcha: Mark Wayne Hateley)—ingliz futbolchisi va hujumchisi.1961-yil 7-noyabr kuni Angliyaning Uollasi shahrida tugʻilgan."Milan", „Reynjers“ va Angliya terma jamoasida oʻynagani bilan tanilgan.Mashhur futbolchi Toni Xeytlining oʻgʻli va shuningdek, professional futbolchi Tom Xeytlining otasi.
Klubdagi faoliyati
Professional futbolda Mark „Koventri Siti“ klubida debyut qildi, u uchun 5 mavsum oʻtkazdi.1983-yilda u „Portsmut“ga koʻchib oʻtdi va u yerda faqat bir mavsum oʻtkazdi.1984-yildan 1990-yilgacha u Yevropa qitʼasida oʻynagan.Dastlab Italiyaning „Milan“ jamoasida 3 mavsum oʻtkazgan.Keyin esa xuddi shunday Fransiyaning „Monako“ jamoasida Fransiya chempioni boʻlgan.1990-yilda u Shotlandiyaning „Reynjers“ klubiga oʻtdi va u yerda keyingi besh mavsumni oʻtkazdi.Bu uning faoliyatidagi eng samarali mavsumga aylandi."Reynjers" bilan birgalikda Mark besh marta Shotlandiya chempionatida gʻolib chiqdi va ikki marta Shotlandiya kubogini qoʻlga kiritdi.1993/94-yilgi mavsumda 33 yoshida u Shotlandiya chempionatining eng yaxshi toʻpurari boʻldi va chempionatning eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etildi.Keyingi mavsumlarda Markning faoliyati pasaya boshladi va yana bir qancha klublarni almashtirgach, u 1999-yilda „Ross Kaunti“ klubida faoliyatini yakunladi.
Terma jamoadagi faoliyati
Angliya yoshlar terma jamoasida oʻynab,1982 va 1984-yillarda ikki marta Yevropa chempioni boʻlgan.Mark milliy terma jamoadagi debyutini 1984-yil 2-iyunda SSSR terma jamoasi bilan oʻyinda oʻtkazdi.U terma jamoa safida jami 32 ta o‘yin o‘tkazib,9 ta gol urgan.1986-yilgi jahon chempionati va 1988-yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etgan.
Murabbiylik faoliyati
Faoliyatini futbolchi sifatida davom ettirib,1997-yilda Mark uchinchi divizion klubi „Xall Siti“ning oʻynovchi-murabbiyiga aylandi.U 1998-yilning kuzigacha klubni boshqargan, keyin esa murabbiylikka qaytmagan.
Yutuqlari
Manbalar
uz.wikipedia.org