Mark Flekken




Mark Flekken (1993-yil 13-iyunda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Bundesliganing „Freiburg“ klubi va Gollandiya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Alemannia Aachen va Greyther Fürth



Flekken faoliyatini Bocholtz shahrida RKVV WDZ yoshlar boʻlimida boshlagan. 2011-yil 22-sentyabrda birinchi professional shartnomasini imzoladi.

2012—2013-yilgi 3. Liga mavsumining qishki tanaffusida Flekken René van Eck tomonidan asosiy darvozabon etib tayinlandi. Flekken 2013-yilning 26-yanvarida 1. Saarbruken FKga qarshi uy uchrashuvida (2:0) debyut qilgan.

MSV Duisburg



Flekken 2016-yil 12-iyun kuni MSV Duisburg bilan shartnoma imzoladi. 2016-yil 7-avgustda VfL Osnabrückga qarshi oʻyinda soʻnggi daqiqada gol urdi, oʻyin 1:1 hisobida yakunlandi..

SC Freiburg



Flekken 2018—2019-yilhi mavsumda SC Freiburgga qoʻshildi. Mavsum davomida Alexandr Shwolowning zaxira darvozaboni boʻldi. 2018—2019-yilgi mavsumning soʻnggi oʻyinida 1. Nürnberg klubiga qarshi oʻyinda debyut qildi.

Flekken 2021—2022-yilgi mavsumni asosiy darvozabon sifatida boshladi va ketma-ket oʻnta oʻyinda jamoasi magʻlubiyatsiz oʻynaganidan soʻng ligada uchinchi oʻrinni egalladi. Shwolow 2020—2021-yilgi mavsum boshlanishidan oldin ketganidan soʻng, Flekken asosiy darvozabon etib tayinlandi, biroq koʻp oʻtmay DFB-Pokal doirasida SV Waldhof Mannheimga qarshi oʻyinda tirsagidan jiddiy jarohat oldi va butun mavsum qayta oʻynay olmadi.

Xalqaro faoliyati



Flekken 2021-yilning 13- va 16-noyabr kunlari Chernogoriya va Norvegiyaga qarshi JCh-2022 saralash bosqichi doirasidagi Gollandiya terma jamoasiga chaqirilgan edi.

Flekken Gollandiya terma jamoasi safida 2022-yil 26-mart kuni Daniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Shaxsiy hayoti



Flekken Germaniya chegarasida Gollandiyaning Limburg, Bocholtz shahrida oʻsgan. Ota-onasi René va Annie ham futbol oʻynashgan, ukasi Roy ham darvozabon boʻlgan.

Faoliyat statistikasi



Klubda



13-noyabr, 2022-yil[15]

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz