Mark Fistric
Mark I. Fistric (talaffuzi: Mark I. Fistrik; 1986-yil 1-iyunda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkey himoyachisi. U faoliyatining oxirida Milliy xokkey ligasining (NHL) Anaheim Ducks jamoasida oʻynagan. Mark Dallas Stars jamoasi tomonidan 2004-yilda NHLga kirish draftining birinchi bosqichida jamoa safiga 28-oʻrinda tanlab olingan.
Faoliyati
Fistric oʻzining WHLdagi asosiy faoliyatini 2001—2002-yillarda Vancouver Giants jamoasida boshlagan va mavsumning koʻp qismini Alberta Midget Xokkey Ligasida (AMHL) oʻtkazib, Maple Leaf Athletic Club jamoasi bilan liganing eng yaxshi himoyachisi sifatida Brian Benning mukofotini qoʻlga kiritgan.
2003—2004-yillarda Giants jamoasi bilan 12 ochkolik oʻyindan soʻng, u 2004-yilgi NHLga kirish draftida Dallas Stars tomonidan birinchi bosqich, 28-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlab olingan. Oʻzining soʻnggi WHL mavsumida Fistric Giants jamoasi bilan 2006-yil Prezident kubogini qoʻlga kiritgan va 2006-yilgi Xotira kubogi finalida ishtirok etgan.
2006—2007-yillarda professionalga aylangan Fistric Amerika Xokkey Ligasining (AHL) Iowa Stars jamoasiga qoʻshilgan va oʻzining jamoadagi yangi mavsumida 24 ochko toʻplagan. U keyingi 2007c2008-yilgi mavsumda Dallas jamoasi tarkibida debyut qilgan. Fistric ikkinchi NHL mavsumida 36 oʻyinda 4 ta golli uzatma qayd etgan.
Fistric oʻzining tajovuzkor jismoniy oʻyini bilan mashhur boʻlgan. 2010-yilning 27-yanvarida Calgary Flames jamoasiga qarshi oʻyinda Fistric raqib hujumchisi Erick Nystromni (keyinchalik u barcha yulduzlar safida jamoadoshiga aylangan) oʻyin paytida boshiga dubulgʻasi bilan urib jarohat yetkazishga uringani uchun jazolangan. Ertasi kuni u voqea uchun liga tomonidan 2500 dollar jarimaga tortilgan.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Xalqaro
Mukofotlari
Manbalar
uz.wikipedia.org