Mark Docherty
Mark John Docherty (talaffuzi: Mark Jon Docherti) (1988-yil 15-mayda tugʻilgan) —shotlandiyalik futbolchi. Mark Docherty „Forfar Athletic“ futbol klubi jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi. Mark Docherty oʻzining futbolchilik faoliyatini „St Mirren“ futbol klubi bilan boshlagan edi. Keyinchalik Docherty „Stirling Albion“, „Brechin City“, „Alloa Athletic“ (ikki marta), „Stranraer“, „Dumbarton“, „East Fife“, „Montrose“, „Forfar Athletic“, „Annan Athletic“ (ikki marta) va „Clyde“ futbol klublarida futbolchilik faoliyatini davom ettirdi.
Faoliyati
Mark Docherty Shotlandiyaning Bellshill shahrida tugʻilgan. Docherty oʻz faoliyatini „St Mirren“ futbol klubida boshlagan va 2007-yilda „Montrose“ futbol klubi safiga ijara shartnomasi asosida qoʻshilgan. Mark Docherty klub safidagi birinchi oʻyinini 2008-yilning 29-martida „Gretna“ futbol klubi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda oʻtkazgan.
Mark Docherty 2008-yilning avgustida „Stirling Albion“ futbol klubi safiga qoʻshildi, ammo 2008—2009-yilgi mavsum oxirida klubni tark etdi. Keyin Mark Docherty qisqa muddatli shartnoma asosida „Brechin City“ futbol klubi safiga qoʻshilishga rozilik bildirdi va 2010-yilning yanvar oyida uning klub bilan shartnomasi yana 18 oyga uzaytirildi. 2011-yilning 31-yanvarida Mark Docherty 2010—2011-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida „Annan Athletic“ futbol klubiga oʻtdi.
Docherty 2011-yilning iyul oyida „Alloa Athletic“ futbol klubi tarkibiga qoʻshildi. 2013-yilning may oyida Mark Docherty klubni tark etdi. Keyin esa 2013-yilning yozida „Stranraer“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. 2014-yil 29-may kuni Docherty „Alloa Athletic“ futbol klubi jamoasiga qayta qoʻshildi.
Mark Docherty 2015-yil iyun oyida Shotlandiya chempionatining „Dumbarton“ klubi jamoasiga qoʻshilgan edi. U klubdagi birinchi golini sobiq jamoasi „Alloa Athletic“ klubiga qarshi uchrashuvda kiritdi. Mark Docherty 2016-yil iyun oyida klub bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirdi. Shundan soʻng, Docherty 2017-yilning may oyida klubni tark etdi.
„Dumbarton“ klubini tark etgach, Docherty 2017-yil 13-iyun kuni „East Fife“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. „East Fife“ klubi uchun ellikdan ortiq oʻyin oʻtkazganidan soʻng, Docherty 2019-yil may oyida „Forfar Athletic“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Docherty 2020-yil yanvar oyida „Forfar“ klubini tark etdi va „Annan Athletic“ klubiga oʻtdi. Mark Docherty „Clyde“ futbol klubiga 2021-yilning yozida kelib qoʻshildi va bir mavsumdan keyin klubni tark etdi.
Faoliyat statistikasi
Manbalar
uz.wikipedia.org