Mark Blyuvshteyn
Mark Ilyich Blyuvshtyen (1988-yil 20-aprel, Yaroslavl) — kanadalik va isroillik shaxmatchi, grossmeyster (2004), u 16 yoshida Kanadadagi eng yosh shaxmat grossmeysteri, 13 yoshida esa usta(master) boʻlgan.
Biografiyasi
Mark Blyuvshteynning oilasi Isroilga 5 yoshida Rossiyadan ko‘chib kelishgan. 6 yildan soʻng esa ular Torontoga (Kanada) koʻchib oʻtishgan, 2006-yilda Mark Nyutonbrukdagi oʻrta maktabini tamomlagan.
Markning otasi - sport ustasi nomzodi Ilya Blyuvshtyen Markga murabbiylik qilgan. Blyuvshteyn 10 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida Isroil chempioni (1998), 12 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida Isroil chempioni (1999) boʻlgan. Kanadaga koʻchib oʻtgandan soʻng, Blyuvshteyn 11 yoshida National Master unvoniga sazovor boʻldi va bu unvonning eng yosh kanadalik egasi boʻldi. Oʻsha paytda uni shaxmat masteri, olimpiadada Kanada jamoasi aʼzosi, rus shaxmat maktabi vakili, Mark Dvoretskiyning shogirdi Yan Teplitskiy tayyorlagan. Kanadadagi birinchi yirik turnir muvaffaqiyati 2000-yilda, Blyuvshteyn Toronto chempionatida 2-3-oʻrinlarni egallab, faqat FM unvoni sohibi E. Teodoro IVga yutqazgan.
Reyting oʻzgarishi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org