Mark Arber




Mark Andrew Arber (talaffuzi: Mark Endryu Arber) (1977-yil 9-oktyabrda tugʻilgan) — angliyalik sobiq professional futbolchi. Mark Arber oʻz faoliyatini 1996-yilda „Tottenham Hotspur“ futbol klubida boshlagan va „Corby Town“ futbol klubini 2014-yilda tark etganidan keyin faoliyatini yakunlagan. Oʻyinni tark etgach, Mark Arber murabbiylikka oʻtgan.

Faoliyati



Mark Arber oʻz faoliyatini 1996-yilda „Tottenxem Hotspur“ futbol klubida boshlagan. 1998-yilda Mark Arber klubni tark etgan. Oʻsha yili Mark Arber „Barnet“ futbol klubida ijara shartnomasi asosida mavsumni oʻtkazgan.

„Tottenxem Hotspur“ futbol klubini tark etganidan soʻng, Mark Arber „Barnet“ futbol klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.Shundan soʻng,Mark Arber 1998—2002-yillar oraligʻida „Peterborough United“ futbol klubiga qoʻshilgan. Mark Arber „Peterborough United“ futbol klubi tarkibida 197ta oʻyinda maydonga tushib, 25ta gol urgan.

2004-yilda Mark Arber „Oldham Athletic“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. „Oldham“ klubida Mark Arber bor yoʻgʻi 17 marta maydonga tushib, bitta gol urgan.

„Oldham“ klubidagi faoliyati tugaganidan soʻng, Mark Arber yana „Peterborough United“ futbol klubiga qoʻshilgan va 2005—2007-yillar oraligʻida u 117 ta oʻyin oʻtkazib, toʻrtta gol urgan.

Mark Arber 2007-yil iyun oyida yana bir bor „Peterborough“ futbol klubini tark etgan va „Stevenage Borough“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. „Stevenage“ klubida Mark Arber 32 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan.

2008-yil 12-fevralda Mark Arber 2007—2008-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida „Dagenham & Redbridge“ futbol klubiga qoʻshilgan. Mavsum oxirida Mark Arber doimiy ravishda „Dagenham“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

2012-yilning may oyigacha Mark Arber klub safida 163 ta oʻyinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan. Mark Arber klub bilan imzolagan shartnoma muddati tugaganidan keyin „Dagenham“ futbol klubini tark etgan. Keyinchalik, Mark Arber 2012-yil iyul oyining oxirida „Dartford“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan.

Mark Arber 2012—2013-yilgi mavsum boshida „Dartford“ futbol klubining asosiy tarkibida maydonga tusha boshlagan. Biroq, 2012-yilning 17-noyabrida Mark Arber „Southport“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:2) jagʻini sindirib olgan. Bunga ishonchi komil boʻlmagani uchun Mark Arber oʻynashni davom ettirgan. Keyin Mark Arberning East Grinstead kasalxonasiga yotqizilgani va uning uch-toʻrt haftaga safdan chiqishi tasdiqlangan. Mavsum oxirida Mark Arber „Dartford“ klubini tark etgan.

2013-yil iyun oyida Mark Arber „Corby Town“ futbol klubiga futbolchi-murabbiy sifatida qoʻshilgan.

Shaxsiy hayoti



Mark Arber sobiq futbolchi Bobby Arberning oʻgʻlidir.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz