Mark Waddington
Mark Thomas Waddington (talaffuzi: Mark Tomas Uoddington) (1996-yil 11-oktabrda tugʻilgan) — professional futbolchi.
Mark Waddington oʻz faoliyatini „Blackpool“ futbol klubining ysohlar jamoasida boshlagan.Keyinchalik, Mark Waddington 2014—2015-yilgi mavsumda klubning birinchi jamoasiga oʻtgan. U 2015-yilning iyulida „Stoke City“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. Waddington „Stoke“ futbol klubida asosiy tarkibga kirmagan va Shotlandiyaning „Kilmarnock“ va „Falkirk“ futbol jamoalarida ijara asosida oʻynagan. Mark Waddington „Barrow“ futbol klubiga 2019-yil iyun oyida qoʻshilgan.
Yoshligi
Mark Waddington Angliyaning Wigan shahrida tugʻilgan va Standish oʻrta maktabida oʻqigan. Waddington oʻz faoliyatini „Blackpool“ futbol klubining akademiyasida boshlagan.
Faoliyati
Blackpool
Mark Waddington, 17 yoshida, 2014-yil 12-avgustda „Shrewsbury Town“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda asosiy jamoadagi ilk oʻyinini oʻtkazgan. 2015-yilning 9-yanvarida haftasiga 200 funt sterlinglik professional shartnomani rad etgandan soʻng, Mark Waddington va uning hamkasbi Dom Telfordni „Blackpool“ futbol klubi rahbari Karl Oyston uning taklifini qabul qilmaguncha ular klubning yoshlar jamoasida oʻynashini aytgan. 2015-yilning 13-fevralida Mark Waddington mashgʻulot paytida oʻng oyogʻining suyagini sindirib olgan. Shundan soʻng, Mark Waddington 2014—2015-yilgi mavsumning qolgan qismiga safdan chiqarilgan. Keyinroq uning oʻng oyogʻini operatsiya qilish kerakligi maʼlum boʻlgan.
Stoke City
Waddington 2015-yil iyul oyida „Blackpool“ futbol klubidagi jamoadoshi Dom Telford bilan birga „Stoke City“ futbol klubi safiga oʻtgan. Mark Waddington 2018—2019-yilgi mavsum oxirida klubning asosiy jamoasiga kira olmagani uchun „Stoke City“ futbol klubini tark etgan.
Kilmarnock (ijara) Mark Waddington „Kilmarnock“ futbol klubiga 2016-yil 24-iyun kuni ijara asosida qoʻshilgan. 2016-yilning 23-iyulida Waddington „Kilmarnok“ klubi safidagi ilk oʻyinini „Greenock Morton“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan. 2016-yilning 31-avgustida Waddingtonning ijara muddati qisqartirilgan va u „Stoke City“ futbol klubiga qaytgan.
Falkirk (ijara) 2019-yilning 3-yanvarida Mark Waddington 2018—2019-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida Shotlandiya chempionati vakili „Falkirk“ futbol jamoasiga qoʻshilgan.
Barrow
2019-yil 28-iyun kuni Mark Waddington Milliy liga vakili „Barrow“ futbol klubi safiga bir yillik shartnoma asosida qoʻshilgan. Mavsum oxirida Mark Waddington klubni tark etgan.
Blyth Spartans (ijara) 2020-yil 3-yanvarda Mark Waddington 2019—2020-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun Shimoliy Milliy liga vakili „Blyth Spartans“ futbol jamoasi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq boʻlgan. Mark Waddington ijara davrida klub uchun 9 marta maydonga tushgan.
Warrington Town
2021-yil iyul oyida Mark Waddington Shimoliy Premyer liga vakili „Warrington Town“ futbol klubi sasfiga qoʻshilgan.
Faoliyat statistikasi
2020-yil 8-fevral holatiga ko'ra;
Manbalar
uz.wikipedia.org