Marjondaraxt




Marjondaraxt (Sambucus) -(shilvidoshlar) oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Buta yoki kichkina daraxt, baʼzan koʻp yillik oʻt. Ikkala yarimsharda 40 ga yaqin turi tarqalgan. Oʻzbekistonda kora M. (S.nigra) turi oʻsadi. U yirik buta yoki daraxtcha; guli sargʻish-oq, mayda, toʻpguli soyabonsimonroʻvaksimon, mevasi krramtirbinafsha, guli va mevalari vinoga rang berish va xushboʻy qilish uchun ishlatiladi; manzarali oʻsimlik. Shingilsimon, qizil yoki oddiy M. (S.racemosa) — ser-shox buta yoki daraxtcha; guli oqish yoki yashilsariq, toʻpguli tuxumsimon; mevasi qizil. Oʻtsimon M.yoki buznik (Sebulus) — koʻp yillik qoʻlansa oʻt, boʻyi 0,5—1,5 m. Qora M. va oʻtsimon M. gullarining qaynatmasi terlatuvchi, siydik haydovchi, burushtiruvchi sifatida va ogʻizni chayish uchun ishlatiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz