Mariya Yermolova




Mariya Nikolayevna Yermolova (1853—1928) — rus aktrisasi. Rossiya xalq artisti (1920), Mehnat Qahramoni (1924). 1871 yildan Kichik teatrda ishlagan. Fojiaviy rollar ustasi. Yermolova ijodining ahamiyati rus va jahon teatri sanʼati tarixida nihoyatda buyukdir. U qatnashgan har bir spektakl ijtimoiy hodisaga aylangan. Asosiy rollari: Mariya Styuart ("Mariya Styuart"), Ioanna d’Ark ("Orlean qizi"), Kruchinina ("Aybsiz aybdorlar"), Ofeliya, Ledi Makbet ("Hamlet", "Makbet") va boshqa. Oʻz qaxramonlari ob-razini otashin ehtiros, chuqur psixologizm, haqqoniylik bilan ifodalagan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz