Mariya Vasilevna Shukshina




Mariya Vasilevna Shukshina (1967-yil 27-mayda tugʻilgan, Moskva, SSSR) — sovet va rus aktrisasi, teleboshlovchi; Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist (2008). Aktrisa Lidiya Fedoseyeva-Shukshina va aktyor, rejissyor, yozuvchi Vasiliy Shukshinning toʻngʻich qizi.

Biografiyasi



U 1967-yil 27-mayda Moskvada tugʻilgan. Olga Shukshinaning katta singlisi (1968-yilda tugʻilgan). Bundan tashqari, 1960-yilda tugʻilgan Anastasiya Vyacheslavovna Voronina-Fransisko ismli tugʻishgan opasi ham bor.

Bir yarim yoshida u „Birodar“ qissasida ("Gʻalati odamlar" filmi, 1969), 1972-yilda (singlisi Olga bilan birga) — Rastorguevlarning qizlari rollarida rol ijto qilgan. „Pechki-lavochki“ filmida, ikki yildan soʻng esa "Shahar ustidagi qushlar" filmida Masha (Vishnyakovaning qizi) rolini ijro qilgan (rej. S. Nikonenko, 1974). 1984-yilda Alekseevskaya metro bekati yaqinidagi 1531-sonli maktabni tamomlagan.

Chet tillar institutining tarjimonlik fakultetini tamomlagan.

1999-yil 12-oktyabrdan 2014-yil 19-dekabrgacha — Birinchi kanalda „Jdi menya“ telekoʻrsatuvining boshlovchisi bo'lgan. 2018-yil 21-yanvardan 3-iyungacha — xuddi shu telekanalda „V gosti po utram“ telekoʻrsatuvi boshlovchisi bo'lgan.

2020-yil 13-iyulda u Oʻrta Ural ayollar monastiri va sobiq shegumen Sergius (Romanov) haqidagi hujjatli filmlarini nashr etish uchun Youtube kanalini yaratdi.

Ingliz va ispan tillarida so'zlashadi.

Oilasi



Tugʻishgan singlisi (onasi tomonidan) — Anastasiya Vyacheslavovna Voronina-Fransisko (1960-yilda tugʻilgan).

Opasi — Olga Shukshina (1968-yil 29-iyulda tugʻilgan).

Singlisi (otasi bir) — Shukshina Yekaterina Vasilevna (1965-yilda tugʻilgan).

Birinchi turmush oʻrtogʻi — Artyom Tregubenko, tarjimon. Qizi — Anna Tregubenko (1988-yil 2-iyulda tugʻilgan), VGIK ishlab chiqarish boʻlimida oʻqigan. Nabirasi — Vyacheslav Tregubenko (2014-yil 21-noyabrda tugʻilgan).

Ikkinchi turmush oʻrtogʻi — tadbirkor Aleksey Kasatkin. Oʻgʻli — Makar Kasatkin (1997-yil 20-noyabrda tugʻilgan). Nabirasi — Mark (2018-yil 20-aprelda tugʻilgan).

Uchinchi turmush oʻrtogʻi — advokat va tadbirkor Boris Vishnyakov. Egizak oʻgʻillari: Tomas va Foka (2005-yil 31-iyulda tugʻilgan).

Filmografiyasi




Mukofotlari




Davlat mukofotlari:

Boshqa mukofotlari:

Hujjatli Filmlari




Manbalar




Havolalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz