Mariya Stadnik




Mariya Vasilyevna Stadnik (ukraincha: Марія Василівна Стадник; ozarbayjoncha: Mariya Stadnik; tugʻ. 1988-yil 3-iyun, Lvov, Ukraina SSR) — ukrainalik va ozarbayjonlik kurashchi, 48 kg gacha va 50 kg gacha vazn toifasida, Ozarbayjon terma jamoasi aʼzosi. 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari va 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari kumush medali sovrindori, 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari va 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindori, ikki karra Jahon chempioni, sakkiz karra Yevropa chempioni, 2 karra Yevropa oʻyinlari gʻolibi.

Stadnik tarixda toʻrtta Olimpiada oʻyinlarida medal qoʻlga kiritgan uchta ayoldan biri (yapon kurashchilari Kaori Icho va Saori Yoshida bilan birga).

Faoliyati



2006-yilda Ukraina terma jamoasida oʻynagan Mariya Stadnik Moskvada (Rossiya) boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi, ammo doping uchun diskvalifikatsiya qilindi. 2007-yilda diskvalifikatsiya bekor qilindi, ammo Ukrainada unga Olimpiada siklida terma jamoaning birinchi raqami Irina Merleni ekanligini aytishdi . Mariya hatto olimpiya terma jamoasiga yoʻllanma olish imkoniyatidan ham mahrum boʻldi, shuning uchun u Ozarbayjon taklifini qabul qildi. Natijada, 2008-yilgi Olimpiada oʻyinlarida Mariya Stadnik va Irina Merleni bronza medaliga sazovor boʻlishdi va shohsupaning bir pogʻonasida turishdi.

2008-yilgi Olimpiadada Mariya Stadnik birinchi jangida kanadalik Carol Huynhga yutqazgan. Ammo kanadalik sportchining finalga chiqishi Mariyaga bronza uchun kurashish imkoniyatini berdi. Tasalli raundida koreyalik Kim Hyung-jooni magʻlub etgan. Stadnik Qozogʻiston vakili Tatyana Bakatyukka qarshi jangga chiqdi. Ikkala raundda ham Mariya Stadnik 2:1 va 8:0 hisobida zafar quchdi va ikkinchi raund 37 soniyada yakunlandi. Shunday qilib, 16 avgust kuni Mariya Stadnik Ozarbayjonga Olimpiada medalini olib kelgan birinchi ayollar kurashchisi boʻldi.

Keyinchalik Stadnik uch karra Yevropa chempioni, Jahon chempioni va vitse-chempioni boʻldi. 2012-yilda Londonda (Birlashgan Qirollik) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Stadnik nihoyat Merleni bilan yarim finalda uchrashdi va u finalga chiqdi. Finalda Mariya Stadnik yaponiyalik Hitomi Obaraga yutqazdi. Shu tariqa Mariya Stadnik kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2015-yilda Bokuda boʻlib oʻtgan Yevropa oʻyinlarida Ozarbayjon terma jamoasiga Mariya Stadnik (48 kg) yettinchi oltinni qoʻlga kiritdi. 29-iyun kunida Yevropa oʻyinlaridagi yuksak yutuqlari va Ozarbayjonda sportni rivojlantirishdagi Stadnik ulkan xizmatlari uchun „Shon-sharaf“ ordeni bilan taqdirlandi.

2016-yilgi Rio-de-Janeyro Olimpiadasida Mariya Stadnik finalda yaponiyalik Eri Tosakaga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. 1-sentyabr kuni Ozarbayjon Prezidentining farmoni bilan Stadnik II darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlandi.

2019-yilda Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan oldingi Jahon chempionatida 50 kg gacha vazn toifasida Mariya oltin medalni qoʻlga kiritib, chempion boʻldi va milliy olimpiya qoʻmitasiga Olimpiada litsenziyasini oldi. 2021-yilda Varshavada (Polsha) Stadnik faoliyatida sakkizinchi marta Yevropa chempionati oltin medalini qoʻlga kiritdi.

Medal natijalari



Yozgi Olimpiada oʻyinlari




Yevropa chempionati




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz