Mariya Muzychuk
Mariya Olegivna Muzychuk (ukraincha: Марі́я Оле́гівна Музичу́к; 1992-yil 21-sentyabrda tugʻilgan) — ukrainalik shaxmat grossmeysteri. U 2015-yil aprelidan 2016-yil martigacha shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida jahon chempioni boʻlgan. U, shuningdek, Ukrainalik shaxmatchi ayollar oʻrtasida ikki karra chempion boʻlib(2012, 2013), 2013-yilda Ukraina terma jamoasi bilan jahon va Yevropada chempion boʻlgan. Muzychuk Ukraina shaxmat jamoasi bilan ayollar shaxmat Olimpiadasida 2022-yilda oltin, 2018-yilda kumush va 2012, 2014 va 2016-yillarda bronza medallarini qoʻlga kiritgan holda koʻplab muvaffaqiyatlarga erishgan.
Faoliyati
Lvovda tugʻilgan Mariya Muzychuk ikki yoshida shaxmatni ota-onasidan oʻrganadi va uch yoshida barcha shaxmat donalarini bilar edi. Olti yoshida Muzychuk oʻzining birinchi shaxmat turnirida qatnashadi.
Muzychuk 2002-yilda Ispaniyaning Peniskola shahrida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida 10 yoshgacha boʻlgan qizlar bahsida gʻolib chiqadi. 2010-yil noyabr oyida u 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi eng yuqori reytingga ega shaxmatchilar orasda beshinchi oʻrinni egallaydi.
U 2010-yilgi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida top-16 ga kiradi, biroq oddiy oʻyinda durangdan soʻng armageddon oʻyinda Dronavalli Xarikaga yutqazadi.
Muzychuk 2012 va 2013-yillarda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasida Ukraina chempionatida gʻolib chiqadi. 2014-yilda u Gibraltar Masters turnirida eng yaxshi ayollar sovrinini qoʻlga kiritdi va u yerda grossmeysterlik unvonini qoʻlga kiritadi.
U 2015-yilgi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqadi. Birinchi davrada u klassik oʻyinlarda Yuanling Yuan bilan durang oʻynab, keyin esa tay-brekda uni magʻlubiyatga uchratadi. Ikkinchi raundda u klassik oʻyinlarda Monika Sokko bilan durang oʻynaydi va tay-breykda uni ham magʻlub etadi. Uchinchi bosqichda u klassik oʻyinlarda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi sobiq jahon chempioni Antoaneta Stefanovani 1½-½ hisobida magʻlub etib chorak finalga chiqadi. Chorak finalda u birinchi raqamli tennischi Koneru Humpyni tay-brekda (2½-1½) magʻlub etadi va yarim finalda Dronavalli Xarikani ham magʻlubiyatga uchratadi. Finalda u Natalya Pogoninani 2½-1½ hisobida magʻlub etib, gʻalabasi natijasida grossmeyster unvonini qoʻlga kiritadi. Chempionlikdan soʻng 2015-yilda Ozarbayjonning Boku shahrida boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. 2015-yilda Muzychuk Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko tomonidan „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan va 2015-yilning eng yaxshi ayol shaxmatchisi sifatida Caissaning FIDE faxriy mukofoti sohibi boʻlgan
. Mariyaga Lobortas Classic zargarlik uyi hunarmandlari tomonidan ishlab chiqilgan Caïssa shaxmat mukofoti 2016-yil 8-sentabr kuni Boku shahrida boʻlib oʻtgan 42-shaxmat Olimpiadasi chogʻida tantanali ravishda topshirilgan.
U 2016-yilgi ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida Xou Yifanga qarshi oʻyinda 3-6 hisobida magʻlub boʻladi. 2017-yilda u hijob kiyish majburiyatini qabul qilmaganligi sababli Eronda oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha 2017-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi.
Oʻyin uslubi
Oʻyin boshida Muzychuk odatda oq rangda oʻynasa Shox oldidagi piyodalar bilan, qora rangda oʻynasa fil oldidagi piyodalar bilan oʻyinini boshlaydi. Muzychuk kutilmagan taktik yurishlarni topish qobiliyatiga ega va bu baʼzida uning pozitsiyasini tushunishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun jahon chempionatida Natalya Pogoninaga qarshi oʻyinda Muzychuk ommaviy axborot vositalari tomonidan „Miss Tactics“ deb nomlangan edi.
Shaxsiy hayoti
Uning opasi Anna Muzychuk ham professional shaxmatchi. Ikkalasi ham shaxmatdan tashqari stol tennisi bilan shugʻullanishadi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org