Mariya Muxortova
Mariya Vladimirovna Muxortova (ruscha: Мария Владимировна Мухортова; 1985-yil 20-noyabrda tugʻilgan) — juftlikda uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. Sobiq sherigi Maksim Trankov bilan birga 2008-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori, besh karra Gran-pri turnirining (shu jumladan, Trophee Erik Bompardning bitta oltin medali) gʻolibasi, 2005-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni, 2004-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri final chempioni va 2007-yilgi Rossiya milliy chempionatining oltin medal sohibasi boʻlgan. Mariya Jérôme Blanchard bilan juftlikda bir mavsum raqobatlashgan.
Shaxsiy hayoti
Muxortova Sankt-Peterburgda tugʻilgan, 6 yoshida otasining tugʻilgan shahri Lipetskda konkida uchishni boshlagan. Mariya konkida uchishga qiziqib qolgan, ammo Lipetskda konkida uchish uchun imkoniyat boʻlmagan, shuning uchun onasi uni oʻn uch yoshida Sankt-Peterburgga olib ketgan.
Faoliyati
Muxortova va Maksim Trankovga Lyudmila Velikova hamda Nikolay Velikov murabbiylik qilgan. U paytda Maksimning sherigi boshqa ayol boʻlgan. Muxortova 2001 — 2002 va 2002 — 2003-yilgi mavsumdabirinchi marta Pavel Lebedev bilan juftlikda konkida uchgan, u bilan birga Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tomonidan oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida qatnashgan. Juftlik 2002 — 2003-yillarda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallagan.
2004-yilda Maksim Trankov bilan juftlashgan Mariya, oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida va 2004-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Keyingi mavsumda juftlik, oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turniri doirasida oʻtkazilgan 2005-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqqan. 2005 — 2006-yilgi Juftlik Olimpiya mavsumida Tatyana Totmianina / Maksim Marinin juftligi musobaqani tark etganidan keyin 2006-yilgi Jahon chempionatida qatnashish uchun tanlangan. Ular chempionatda 12-oʻrinni egallashgan.
2006 — 2007-yilgi mavsumda Muxortova va Trankov 2007-yilgi Rossiyaning milliy chempioni boʻlishgan, ammo Mariyaning mashgʻulotlarda olgan jarohati tufayli Yevropa chempionatini oʻtkazib yuborishga majbur boʻlishgan. Juftlik 2007-yilgi Jahon chempionatida qatnashgan va bir pogʻona yuqorilab 11-oʻringa koʻtarilgan. Keyingi mavsumda ular 2008-yilgi Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritganlar va 2008-yilda oʻtkazilgan Jahon chempionatida 7-oʻrinni egallaganilar.
2008 — 2009-yilgi mavsumda Muxortova va Trankov juftligi birinchi Gran-pri finaliga yoʻl olgan, 2009-yilgi Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan va Jahon chempionatida 5-oʻringa koʻtarilgan.
2008 — 2010-yilgi mavsumda juftlik 2009 Trophée Eric Bompard musobaqasiga tayinlangan, u yerda oʻz koʻrsatkichlarini yangilagan va ikki karra jahon chempioni boʻlgan Aliona Savchenko va Robin Szolkovini magʻlub etgan. Ularning ikkinchi Gran-pri musobaqasi 2009 Skate Canada turniri. 2009 Skate Canada turnirida juftlik ikkinchi oʻrinni egallagan. Juftlik 2010-yilgi Yevropa chempionatida yana bir bronza medalini qoʻlga kiritgan, ammo 2010-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida yttinchi oʻrindan joy olgan. 2010-yil mart oyida Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ular 4-oʻrinni egallashgan.
Dasturlari
Maksim Trankov bilan Natijalari
Maksim Trankov bilan Manbalar
uz.wikipedia.org